2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja


XI sinf organik kimyo kursining davomi /haftasiga 2 soatdan, jami 23


Download 220.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana18.09.2023
Hajmi220.96 Kb.
#1680405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-Ma`ruza (KUM)

XI sinf organik kimyo kursining davomi /haftasiga 2 soatdan, jami 23
soat / organik moddalarning tuzilishi va xossalarini qaytarish. 2 soat.
10 - mavzu. Aminlar. Aminokislotalar. Azotli geterosiklik birikmalar. 6 soat, amaliy ish 
belgilanmagan.
11 - mavzu. Oqsillar. Nuklein kislotalar. 4 soat, amaliy ish belgilanmagan.
12 - mavzu. Yuqori molekulyar sintetik moddalar va ular asosida olinadigan polimer 
materiallar. 7 soat, 2 soat amaliy ishga ajratilgan.
13 - mavzu. Organik kimyo kursidan olingan bilimlarni umumlashtirish
2 soat. Umumiy kimyo kursi /haftasiga 2 soatdan, jami 45 soat.


1 - mavzu. Atomlarning tuzilish ta’limoti asosida D.I.Mendeleyevning kimyoviy
elementlar davriy qonuni va davriy jadvali. 5 soat.
2 - mavzu. Modda tuzilishi. 7 soat.
3 - mavzu. Kimyoviy reaksiyalarning sinflanishi va kimyoviy reaksiyalarining borish 
qonuniyatlari. 5 soat.
4 - mavzu. Metallmaslar. 8 soat.
5 - mavzu Metallar. 8 soat.
6- mavzu Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini rivojlantirishda kimyoning roli. 10 soat, 5 soat 
amaliy ishga ajratilgan.
Kimyo fanini kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, atom va 
molekulalarning tuzilishi haqida erishilgan bilimlar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq 
ekanligini keyingi yillarda maktabda kimyo o‘qitish tajribasi isbotlab berdi.
Shu munosabat bilan kimyoning nazariy masalalarini o‘rganishni 3 bosqichda amalga 
oshirish tajribasiga amal qilish zarur bo‘ladi. 
Birinchi bosqichda o‘quvchilar kimyoviy elementlar, atomlar, moddalar, kimyoning 
asosiy tushunchalari va qonunlari, atomning tarkibiy qismlari, anorganik moddalar haqidagi 
dastlabki bilimlar bilan tanishtiriladi. 
Ikkinchi bosqichda kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonun, atomning 
tuzilishi, ularning xossalarini belgilab beradigan omil ekanligi, kimyoviy bog‘lanishning elektron 
tabiati, kimyoviy ishlab chiqarishning yutuqlariga doir bilimlar o‘rganiladi. 
Uchinchi bosqichda kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi ayrim guruhlarda 
joylashgan, tabiatda ko‘p tarqalgan metallar, metallmaslar, ularning muhim birikmalari, shu 
birikmalarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, ularni laboratoriya va sanoat miqyosida olish, eng 
kerakli birikmalarni sanoat miqyosida olishda kechadigan texnologik jarayonlar, organik 
moddalar, ularning formulalari, tabiatda uchrashi, ahamiyati bilan o‘quvchilar tanishtirib 
boriladi. Bunda oddiy va murakkab moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishiga
qo‘llanish sohalariga bog‘liq ekanligiga, hamda kimyoga oid o‘quv-laboratoriya jihozlaridan, 
asbob va uskunalardan foydalanish, tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar 
chiqarish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish va har bir kimyoviy 
reaksiyaning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor beriladi. 
Dasturda har bir bo‘limga ajratilgan dars soatlari taxminiy bo‘lib, ular shu bo‘limga oid 
mavzularni o‘rganishga, unga oid ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya 
ishlarini bajarishga, masalalarni yechishga hamda o‘quvchilar bilimini baholashga 
mo‘ljallangan. Har bir bo‘lim oxirida keltirilgan laboratoriya ishlaridan ayrimlarini bajarish 
uchun asboblar yetarli bo‘lmagan taqdirda teng kuchli boshqa laboratoriya ishi bilan 
almashtirilishi mumkin. Ko‘rgazma va tajribalarni namoyish etish hamda laboratoriya ishlarini 
bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi zarur. O‘quvchilar kimyo darslarida 
olgan bilimlarini amaliy jihatdan sayohatda yanada mustahkamlashlari mumkin. Sayohat 
mavzusi va obyekti o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. 

Download 220.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling