2§ maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni. O‘quv jarayonini rejalashtirish. Reja
Kimyo fanining ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan dasturlari
Download 220.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Ma`ruza (KUM)
2.2. Kimyo fanining ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan dasturlari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 1999-yil 16 – avgust Toshkent shahri. Bu qaror «TT» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘grisida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida» 1998-yil 13-maydagi 203 – son qarori bajarilishini ta’minlash ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori chiqarildi. O‘quv rejasida ko‘rsatilgan fanlar ularni o‘rganish tartibi, har bir o‘quv faniga ajratilgan vaqt, maslahat va sinovlar barcha o‘quv guruhlari uchun majburiydir. O‘quv rejasi o‘quv yurtining turi, maqsadi va vazifalarini, O‘quvchilarning soni va o‘qish muddatini belgilovchi davlat hujjatlari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejasiga kirgan hujjatlarni malaka tavsifnomasi, mavzular rejasi va o‘quv dasturlari tashkil etadi. Malaka tavsifnomasi – ishchining bilimi hamda kasbiy saviyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar mujassamlangan normativ hujjatdir. Unda ishchi u yoki bu kasb faoliyati doirasidagi ishlarni ongli va to‘g‘ri bajarishi uchun egallashi zarur bilimlar ifodalanadi. Malaka tavsifnomasi ish va kasblar, xalq xo‘jaligining muayyan sohalaridagi mashg‘ulotlarning yagona ta’rif malaka ma’lumotnoma asosida tuziladi. Malaka tavsifnomasida kasb va ixtisoslarning aniq nomlari, texnik va maxsus bilimlar, mehnat ko‘nikma va malakalari, malaka oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ifodalanadi. Bu hujjatlar o‘quv rejasi va dasturlarini tuzishda asos bo‘ladi, shuningdek bitirish imtihonlarida o‘quvchilarning bilimlarini sifatli aniqlash uchun xizmat qiladi. Mavzular rejasi – o‘quv dasturining bir qismini tashkil etib, unda mavzularning tartibi va nomi, ularning o‘tish uchun, shu jumladan, nazariy, laboratoriya amaliy mashg‘ulotlari va ishlab chiqarish ta’limi uchun ajratilgan vaqtlar ko‘rsatiladi. O‘quv dasturlari. Fanni hajmini, uni o‘qitishning mazmuni va tartibini belgilaydi. Yangi o‘quv reja va dasturlarida materiallar o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlangan ikkinchi darajali materiallar chiqarib tashlangan, o‘quvchilarning yangi texnika bo‘yicha bilim va malakalar bilan qurollantirish, o‘quv ustaxonalarida, laboratoriyalarida o‘qitish, yangi texnologik jarayonlar bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Asosiy e’tibor ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash ishlariga qaratilgan. Dars rejasi asosiy o‘quv-rejalashtirish hujjatlaridan biri bo‘lib, uni o‘qituvchi o‘quv dasturi va perspektiv mavzular rejasi asosida tuzadi. Unda darsning ta’lim-tarbiyaviy maqsadlari, o‘qitish va tarbiyalash masalalari ko‘rsatiladi hamda darsning tarkibi va elementlari, har bir elementga ajratilgan vaqt, o‘qituvchi tomonidan izohlanadigan o‘quv materialining ketma-ketligi va mazmuni, mustaqil ishlarning xarakteri va mazmuni, uy topshirig‘i va boshqalar ifodalanadi. Maktab kimyo kursining dasturi quyidagicha tuzilgan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling