Magistrlik dissertatsiyasi 7 bet, 59 ta rasm, ta jadval, 70 ta adabiyot va ilovadan iborat


Download 118.18 Kb.
bet1/32
Sana18.06.2023
Hajmi118.18 Kb.
#1588776
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
RЕFЕRAT


RЕFЕRAT

Magistrlik dissertatsiyasi 87 bet, 59 ta rasm, 5 ta jadval, 70 ta adabiyot va ilovadan iborat.


Kalit so‘zlar: algoritmlar, neyron tarmoqlar, timsollarni tanib olish, yo‘l belgilari, segmentatsiya.
Tadqiqot obyekti - o‘ramli neyron tarmoqlarga asoslangan tasvirni qayta ishlash tizimlari.
Ishning maqsadi - affin va proyeksiya buzilishlariga invariantligi yuqori bo‘lgan yo‘l belgilarini aniqlash va tanib olish algoritmini ishlab chiqish.
Tadqiqot davomida tahlil qilish uchun ma’lumotlar to‘plash, neyron tarmoqlarni ishlab chiqish, algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlarning turli konfiguratsiyasi bilan tajribalar o‘tkazish, olingan natijalarni mavjud tanib olish usullari natijalari bilan qiyosiy tahlil qilish amalga oshirildi.
Tadqiqotlar natijasida murakkab fonga ega bo‘lgan tasvirlardagi yo‘l belgilarini ko‘p bosqichli aniqlash algoritmi ishlab chiqilib, uni dasturiy ta’minlashga erishildi, yuqori aniqlik va tanib olish tezligiga erishildi.
Qo‘llash sohasi: video yozuvlar va video kuzatuv tizimlari, haydovchilarga yordam berish tizimlari va transport vositalarini boshqarish.
Kelajakda tizim samaradorligini oshirish maqsadida tasvirlarning o‘qitish bazasi hajmini oshirish, o‘ramli neyron tarmoqlar strukturasini o‘zgartirish rejalashtirilgan.



TA’RIFLAR, BЕLGILASHLAR VA QISQARTMALAR

Ushbu ishda ta’riflarga muvofiq quyidagi atamalar qo‘llaniladi


O‘ramli neyron tarmoq: dasturiy ta’minot yoki apparat
tasvirlardagi timsollarni samarali aniqlashga qaratilgan maxsus tuzilishga ega biologik neyron tarmoqlarining matematik modelining ifodasi.
Neyron tarmoqni o‘qitish: Semantik vaznlarni sozlash jarayoni, neyron tarmoqqa o‘xshash, ammo treningda foydalanilganlarga o‘xshash bo‘lmagan ma’lumotlarga javoban to‘g‘ri natijalarga erishishga imkon beradi.
Affin almashtirishilari: tekislik shakllarining bir xil cho‘zilishi yoki qisqarishi.
Faollashtirish funksiyasi: ushbu funksiya doirasida chiqish neyroni signalining qiymati o‘zgaradi.
Belgilar va qisqartmalar
SNT - sun’iy neyron tarmog‘i;
O‘NT - o‘ramli neyron tarmoq;
YHQ - yo‘l harakati qoidalari;
YTH - yo‘l-transport hodisasi.


Download 118.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling