Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari
Download 68.35 Kb.
|
MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI
6.1. Granitli pegmatitlarGranit pegmatitlari nordon jinsli massivlarning ichida hosil bo‘lganligi uchun, ularning mineralogik tarkibi ona jinslar – granit, granodioritnikiga to‘g‘ri keladi. Bu pegmatitlarning asosiy qismi kvars, dala shpati va slyudadan tuziladi. Pegmatit qotishmalarida H2O, HCI, HF, H3BO3, H3PO4 kabi uchuvchan komponentlarning ko‘payishi, nodir va siyrak elementlarning yig‘ilishi tufayli, shunday komponent va elementlardan tuzilgan yangi minerallar paydo bo‘lib, ular pegmatitlarda aksessor qo‘shimchalar sifatida uchraydi. Bu minerallar gruppasiga muskovit, topaz, turmalin, berill, litiy lipidolit, spodumen, siyrak er elementli – ortit, sirkon, monatsit, kolumbit, tantalit, samarskit, uranitit va boshqalar kiradi. Pegmatitlarni ona jinslardan ajratib turadigan belgilardan biri minerallarning yirik kristallanishidir. Granit pegmatitlarining tarkibi ona jinslarning tarkibiga bog‘liq. Agar pegmatit hosil qiluvchi qotishma-eritmalar ona jinsi granit yoki tarkibi granitga yaqin granit-gneys, kristalli slanets jinslari orasida shakllansa, bu holda granitning tarkibiga mos keladigan toza chiziqli pegmatitlar vujudga keladi. Pegmatit hosil qiluvchi qotishma eritma-granitdan farqlanuvchi tog‘ jinslari bo‘lsa, chalkash chiziqli pegmatitlar hosil bo‘ladi. Granit pegmatitlari tarkiblari va ichki tuzilishlariga ko‘ra oddiy (differensiyalanmagan) va murakkab (differensiyalangan) pegmatitlarga bo‘linadi. Oddiy pegmatitlar dala shpatlari va kvarsdan tuzilgan bo‘lsa, murakkablari turli minerallardan tashkil topadi va ko‘pincha zonal tuzillishga ega bo‘ladi. Pegmatitlar o‘zlari hosil bo‘ladigan manbaga qarab, ikkiga bo‘linadi. (A.I.Ginzburg, 1952), singenetik va epigenetik. Singenetik yoki shlir pegmatitlar qoldiq-pegmatit hosil qiluvchi qotishmalarning yig‘ilgan joyini o‘zida shakllanishidan hosil bo‘ladi. Tinch tektonik sharoitda vujudga keluvchi tomchi, oval shakllaridagi kontaktlari sezilarsiz bunday pegmatitlar ona jinsning bag‘rida uchraydi. Epigenetik pegmatitlar tektonik sharoitga qarab ona jinsning orasida yoki cho‘kindi-metamorfik jinslar ichida tomir shaklida uchraydi. Tomirlarning kontakti keskin bo‘ladi. Murakkab (differensiyalangan) pegmatitlar shu gruppaga kiradi. Pegmatit konlarini o‘rganish borasida A.E.Fersman katta ishlar olib borgan. O‘rta Osiyo pegmatitlarini har taraflama o‘rganishda H.M. Abdullaev, Q.L.Boboev, H.N.Boymuhamedov, S.M.Bobojumaev, N.K.Djamolitdinov, I.X.Hamroboev va boshqalarning hizmatlari katta. Download 68.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling