Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari
Download 68.35 Kb.
|
MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epigenetik konlar
Singenetik konlar– foydali qazilmalar tog‘ jinsi bilan bir vaqtda, bir hil geologik sharoitda hosil bo‘ladi.
Tektonika – geologiyaning Er po‘sti strukturasi va uning umuman Er taraqqiyoti bilan bog‘liq (tektonik harakatlar va deformatsiyalar ta’sirida) o‘zgarishini o‘rganadigan tarmog‘i. Epigenetik konlar– asosan tog‘ jinslari hosil bo‘lgandan keyin butunlay boshqa geologik jarayonda hosil bo‘ladi. 7. KARBONATIT KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI O‘ta asosiy-ishqoriy intruzivlar bilan fazoviy va genetik bog‘langan kalsit va dolomit karbonatlarning endogen to‘plami k a r b o n a t i t l a r deb ataladi (V.I.Smirnov, 1965). Ularda neobiy, tantal, pikroniy kabi nodir metallar, siyrak er elementlari, temir, titan, fosfor, flogopit, vermikulitning yirik zahiralari uchraydi. Keyingi yillarda esa karbonatitli konlarda uran, toriy, miss, molibden, flyuorit, asbestning yirik to‘plamlari aniqlangan. Ba’zan karbonatitlar ohak olish uchun ham ishlatiladi. Karbonatitlarning hosil bo‘lish temperaturasi A.A.Kuxarenko bo‘yicha 600800oS dan 150-100oS gacha boradi. Karbonatit gavdalari er yuzasiga yaqin masofada yotadi, ammo ayrim massivlarda (Gullinsk, Alno) esa rudalar 1500-2000 m chuqurlikda ham davom etadi. V.I.Smirnov ta’kidlaganidek, karbonatitning hosil bo‘lish jarayoni o‘zgarib turuvchi turli bosim ostida o‘tadi. Karbonatitlarning asosini (80-99%) karbonat minerallari tashkil qiladi. Ularning ichida eng ko‘p tarqalgani kalsit bo‘lib, ayrim erlarda dolomit, ankerit va siderit uchraydi. Qolgan minerallar aksessor bo‘lib, jami 70 dan ortib ketadi. Ularning ichida eng muhimlari flogopit, apatit niobiy va tantalli piroxlor, dizanalit, gatchetollit, sirkoniyli baddelenit, niobotsirkonolit, seriyva boshqa siyrak er elementli parazit, basnezit, sinxizit va boshqalardir. YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, karbonatitlar o‘taasosiy – ishqoriy tarkibli murakkab intruziv massivlarda uchraydi. Xozirgi vaqtda bunday massivlar o‘rganilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Janubiy Afrikaning Buyuk Afrika yoriqlari zonasida, qolganlari esa Rossiyada, O‘zbekistonda (SHovozsoy), SHvetsiya, Germaniya, Kanada, AQSH, Braziliyada joylashgan. O‘ta asosiy – ishqoriy jinslarning massivlari murakkab tuzilgan bo‘lib, bir necha bosqichda paydo bo‘ladi (L.Egorov, T.Goldburt, A.I.Ginzburg, E.M.Eynshteyn).CHiqayotgan magmaning tarkibi o‘ta asosiy (peridotit-dunit)dan ishqoriy – o‘taasosiy (piroksenit, peridotit, melteygit)ga, o‘taasosiy – ishqoriy (iyolit, meltegit)dan ishqoriy (ishqoriy va nefelinli sienit)gacha o‘zgaradi. Birinchi bosqichda olivinit, dunit, peridotit kabi o‘taasosiy jinslarda tuzilgan yoriq intruzivlari hosil bo‘ladi. Ularda titanomagnetit, perovskit, platinoidlar aksessor minerallari miqdorida uchraydi. Ikkinchi bosqichda piroksenit, biotitli peridotit, melteygit jinslari hosil bo‘lib, titano-magnetit, apatit kabi aksessor minerallari bilan uchraydi. Uchinchi bosqichda iyolit, melteygit kabi o‘taasosiy – ishqoriy jinslar va ular ichida perovskit-apatit, sfen kabilar paydo bo‘ladi. To‘rtinchi bosqichda nefelinsienitlari, granosienitlar hosil bo‘ladi. Hamma bosqichda jinslarning kontakt zonalarida metamorfik jarayonlar sodir bo‘lib, natijada serpentinizatsiya, biotizatsiya, flogopitizatsiyadan tortib, selolitizatsiya kabi o‘nlab o‘zgargan jinslar va ulardan iborat zonalar vujudga keladi. Aytishlaricha, karbonatitlar 4 bosqichda hosil bo‘ladi: Erta kalsitli karbonatitlar bosqichi – asosan, kalsit (30–70 %), avgitdiopsit yoki forsterit (20–50 %), biotit yoki temirli flogopit (5–20 %), apatit (3–20 %) va magnetit (1–10 %)dan tuzilgan. Perovskit guruhiga kiruvchi dizanalit va kalsirtit bosqichdagi asosiy aksessor minerallardir. Kalsitli karbonatitlar bosqichi – minerallar deyarli birinchi bosqichdagidek bo‘lib, to‘q rangli minerallarning kamayishi (10–30%), avgitdioxid va biotitni o‘rniga diopsit va flogopitning paydo bo‘lishi va piroxlor, gatchettolit, apatit kabi sanoat ahamiyatiga ega rudali minerallarning bo‘lishi bilan harakterlanadi. Kechki kalsit va dolomitli karbonatitlar o‘z tarkiblarining murakkablanganligi, karbonat minerallarining soni oshiqligi va foydali qazilmalarni turli – tuman bo‘lishligi bilan ajralib turadi. Avvalgi bosqichdagi minerallar bo‘yicha o‘rin almashish jarayonlari ham kuchayadi. Bu bosqichdagi karbonititlar amfibol – kalsit, amfibol – dolomit, flogopit – dolomit va dolomitli karbonatsitlardir. Nodir metalli mineralning asosaiy piroxlor bo‘lib, ba’zan eshinit, lindokit, fersmanit, sikron ham uchraydi. Kechki dolomit va ankeritli kabonatitlarda karbonat minerallarning umumiy miqdori juda ko‘p (85–95%) bo‘lib, asosan dolomit, ankerit, ba’zan sideritdan tuzilgan bo‘ladi. Bu bosqichda tipik gidrotermal minerallardan flyuorit, pirit, galenit, molebdenit, sfalerit, barit paydo bo‘ladi. Nodir metalli minerallardan kolumbit, piroxlor siyrak er elementli minerallardan basnezit, parizit, berbankit rivojlanadi. Bu bosqichlardan so‘ng ham endogen faoliyat davom etadi. Karbonatitdan keyingi bu bosqichda kalsit – epidot – albit, kalsit – epidotli tomirlar hosil bo‘lib, ular bilan bir flyuorit, gematit, krokidolit uchraydi. Karbonatit hosil qiluvchi o‘taasosiyishqorliy massivlar shakllanish sharoitlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: «Ochiq» massivlarda o‘ta asosiy-ishqorli magmaning mahsulotlari er yuziga (otilib) chiqqan bo‘ladi. Tog‘ jinslari vulkan plutonik harakterga ega. Bu rasmana vulkan bo‘lib, bo‘g‘zida effuziv, intruziv jinslar va karbonatitlar joylashadi. Bu xil massivlarda karbonatit gavdalari vulkan bo‘g‘zining yuqori qismida joylashib, pasiga tushgan sari, o‘lchamlari kichrayib boradi. Ikkinchi tomondan esa chuqurlikning oshishi bilan ishqoriy jinslar kamaya borib, o‘ta asosiy (giperbazit) jinslarning miqdori esa ortib boradi (9-rasm). Download 68.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling