Magnit dipol momenti. Dia, para va feromagnitiklar


Download 72 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi72 Kb.
#1580585
1   2   3   4
Bog'liq
DIA, PARA VA FEROMAGNITIKLAR

Paramagnetiklar. Paramagnit effekt sodir bo'ladigan moddalarda tashqi magnit maydonning kuchayishi kuzatiladi. Lekin bu kuchayish temperaturaga teskari proportsional bo'ladi. Bunday moddalar paramagnetiklar deb ataladi.


4. Feromagneteklar magnitlanishi. 1.Ferromagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi km tashqi magnit maydonga bog’liq. km ning H ga bog’liqligi bilan xarakterlanadi.
2.Ferromagnetikdagi magnit maydon induksiyasining tashqi maydon kuchlanganligiga bog’liq ravishda o'zgarishi OA egri chiziq bo'ylab sodir bo'ladi. Shundan keyin H ni kamaytira boshlasak, ferromagnetikdagi B ning qiymati AO chiziq bo'ylab kamaymasdan, balki yangi AB egri chiziq bo'ylab kamayadi. H = 0 bo'lganda ham ferromagnetikdagi magnit maydon yo'qol-maydi, OBk kesma bilan ifodalanuvchi qoldiq induksiya saqlanib qoladi.

5. Ferromagnetizmda gisterezis hodisasi. Ferromagnetiklarning magnit sindiruvchanligi μ tashqi maydon kuchlanganligi H ga bog’liqligini ko’rdik. Endi magnit induksiyasi B va H orasidagi bog’lanishni ko’raylik. Magnit-lanishda ferromagnetik ichidagi magnit maydon O dan H ning ma’lum qiymatigacha ortib boradi. Ferromagnetikdagi induksiya qiymati-ning o’zgarishi OL chiziq bilan xarakterlanadi. Agar H kamaysa, induksiyaning kamayishi LM chiziq bilan ifodalanadi. H=0 bo’lganda ham induksiya noldan farqli bo’ladi. Qoldiq magnitlanishni yo’qotish uchun esa oldingisiga teskari yo’nalishda maydon qo’yish kerak bo’ladi. Maydon kuchlanganligining B=0 dagi qiymati tutuvchi yoki koersitiv kuch Hk deyiladi. Maydon o’zgarishi bilan induksiya ham o’zgaradi. Hosil bo’lgan chiziqqa gisterezis deyiladi. Koersitiv kuchlarning qiymatiga qarab feromagnetiklar yumshoq va qattiq feromagnetiklar bo’ladi. Yumshoq feromagnetiklar uchun gisterezis sirtmog’i ingichka va koersitiv kuchlarning qiymati kichik bo’ladi. Ularga temir, permallay va boshqalar misol bo’ladi. Yumshoq ferromagnetiklardan transformator, generator, elektrodvigatel-larning o’zaklari yasaladi.
Qattiq ferromagnetiklar uchun gisterezis sirtmog’i keng va koersitiv kuchlarning qiymatlari ham katta bo’ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, gisterezis sirtmog’ining yuzasi ferromagnetikni magnitlanish uchun barajarish kerak bo’lgan ishni xarakterlaydi.
Qattiq feromagnetiklarga po’lat va uning qotishmalari kirib, odatda ulardan doimiy magnetiklar tayyorlashadi.
Feromagnetiklarda domenlar prinsipi. Ferromagnetiklar tashqi maydon bo’lish – bo’lmasligidan qat’iy nazar, o’z – o’zidan magnitlanib qolish xususiyatga ega bo’ladilar. Bu hodisani tushuntirish uchun frazsuz fizigi P.Veys (1865 – 1940) domenlar nazariyasini olg’a surdi. Ushbu nazariyaga muvofiq, ferromagnit – juda ko’p miqdordagi kichik mikroskopik sohalar – domenlarga ajratilib, ular o’z – o’zidan magnitiklanadilar. Tashqi magnit maydon bo’lmaganda domenlarning magnit momentlar ham betartib joylashgan bo’lib, bir – birlarini yo’qotadilar. Tashqi maydonga kiritilganda esa maydon alohida atom va molekulalarni emas, balki domenlarni maydon bo’ylab yo’naltiradi. Aynan shu sababli maydon kuchlanganligi ortishi bilan magnitlanish juda tez ortadi. Domenlar o’z – o’zidan maydon bo’ylab joylashib qolishi mumkin. Diamagnetiklardan va paramagnetiklarda farqli ravishda feromagnetiklarning magnit sindiruvchanligi tashqi maydon kuchlanganligiga bog’liqdir.
Ferromagnetiklarning magnit kirituvchanligi ancha katta bo’ladi. Masalan, temir uchun μ= 5000, supermalloy qotishmasi uchun μ=800000 va hokazo. Ferromagnetiklar hodisasi birinchi bo’lib temirda o’rganilgan. Ferromagnetizm atamasining kelib chiqishi ham shundan.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling