MINIATYURALAR TEATRI - teatr turi. Repertuari ixcham asarlar (bir
pardali pyesa, intermediya, mukallid, monolog, kulgu-hikoya, hajviya va boshqalar) dan iborat.
MIROQILOV (1899, Qo‘qon — 1959.21.10, Toshkent) — o‘zbek teatrining atoqli aktyori, rejissor.
MOLER (Moliere) (taxallusi; asl ism-sharifi Jan Batist Poklen) (1622.15.1 - Parij - 1673.17.2) –fransuz dramaturgi, aktyori, teatr arbobi, sahna san’ati islohotchisi.
MONODIYA (yun. — yakkaxon xonanda qo‘shig‘i) — Yunonistonda jo‘rsiz yoki cholg‘u (kifara, avlos) jurligidagi yakkaxon xonanda ijrosi;
MONOLOGIK NUTQ - so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning M.nutqni tomoshabinga qaratilgan bo‘ladi. M.n. nasriy asarlarda ham bor. Nazm da esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Ba’zan M.n.da asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. M. n. uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan o‘zaro bog‘liq, o‘ziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega bo‘lgan matnning ma’lum bo‘lagi xos bo‘ladi. M.n. og‘zaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. M.n.ning og‘zaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim o‘rin egallaydi, yozma M.n.da esa ohang matnning sintaktik konstruksiyasiga, mantiqiy urg‘u tushuvchi so‘zlarning joylashish o‘rniga bog‘liq.
MONTAJ (frans. montage — yig‘ish) —radio eshittirish, televideniya, estrada san’ati, suratkashlik va ayniqsa, film yaratishdagi ijodiy va texnik jarayon; suratga olingan alohida kadrlarni tanlash va ularni bir-biri bilan bog‘lash. Odatda, eshittirish, ko‘rsatuv tayyor bo‘lgach, filmni suratga olish tugallangach, montaj ishlari boshlanadi.
MOSKVA O‘ZBEK DRAMA STUDIYASI — o‘zbek professional aktyor va rejissyorlari tayyorlab bergan birinchi teatr o‘quv yurti.
«MOSFILM» — Rossiyadagi badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kinostudiyalardan. 1924 yil Moskvada tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |