Magnit kallak tovush (nutq, musiqa)ni magnit lentaga yozib olish (o‘chirish) yoki qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan qurilmaning asosiy qismi. Magnitofon


Download 35.01 Kb.
bet5/6
Sana18.10.2023
Hajmi35.01 Kb.
#1707180
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M GLOSSARY

MULTIPLIKATSION FILM (lot. multiplicatio — ko‘paytirish) — kino san’ati turi. Kinoasarlari chizilgan(rasmlar multiplikatsiya) yoki hajmiy (hajmiy multiplikatsiya) ob’yektlar harakatining ketma-ket fazalarini suratga olish yo‘li bilan tayyorlanadi.
MURODOV NU’MON (1915.5.5 — Andijon — 1988.13.9) — O‘zbekiston xalq artisti (1970). Ijodiy faoliyatini havaskorlik teatr jamoalarida boshlagan. 1934—88 yillar Andijon teatrida aktyor (1949—52 yillar direktor). M.ning aktyorlik san’ati A. Manatov va A. Bakirov ijodi ta’sirida shakllandi. Qahramonlarning ichki kechinmalari va tuyg‘ularini tabiiy va haroratli ifoda etish, obrazning ko‘p qirraliligini yorqin aks ettirish M. ijodiga xos.
MUSA JALIL (taxallusi; asl ism sharifi Jalilov Muso Mustafoevich) (1906.2(15).2, Orenburg guberliyasi Mustafin qishlog‘i — 1944.25.8, Berlin) — tatar shoiri. Tatar opera va balet teatri asoschilaridan biri.
MUSIQA IJROCHILIGI - ijodturi; musiqa asarlarini xonanda yoki sozanda tomonidan badiiy talqinda ijro etilishi.
MUSIQA TANLOVLARI VA FESTIVALLARI — xonanda, sozanda, kompozitor, bastakor, musiqa jamoalari va boshqalarning ijodiy musobaqalari va konsert tadbirlari. Odatda, oldindan e’lon qilingan shartlar asosida o‘tkaziladi.
MUSIQALI DRAMA - 1) musiqa (vokal va cholg‘u) hamda so‘z san’atiga asoslangan saxna asari, musiqali teatr janri. Ilk namunalari Sharqda shakllangan.
MUSIQALI KOMEDIYA - kulgili, hajviy mazmun asosida yaratilgan musiqaviy sahna asari. Tarkiban musiqali dramaga yaqin bo‘lsada, lekin undan musiqiy tili va hajviy mazmuni bilan ajralib turadi.
MUSIQALI FILM - kino va televideniya asari; unda musiqa asosiy o‘rinni egallab filmning janri va dramatik qurilishini belgilaydi, syujet rivojlanishi, asar g‘oyasi va qahramonlar ichki dunyosini ochishga xizmat qiladi.
MUSLIMOVA KIFOYAT(1916.1.5 hozirgi Bishkek — 1996.20.4) — O‘zbekiston xalq artisti (1954). Sahna faoliyatini 1933 yil o‘zbek musiqali drama teatrida boshlagan. 1934—37 yillar Toshkent ishchi yoshlar teatrida, 1937-87yillarSamarqand o‘zbek musiqali drama va komediya teatrida ishlagan.
MUQALLID (arab. — taqlidchi) — o‘zbek an’anaviy teatrining janri; shu janr ijrochisi. M.shaklidagi tomoshalarda qush va hayvonlarga taqlid qilingan, hayotdagi ba’zi kishilar xulq atvori, qiziq voqealar kulgili tarzda aks ettirilgan.
MUQIMIY TEATRI- Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri — O‘zbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939 yil 30 noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilgan.

Download 35.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling