Reja: - Reja:
- 1. Og‘zaki drama — xalq ijodining mustaqil janri.
- 2. Og‘zaki drama janri tabiati, o‘ziga xos belgilari, ijro xususiyatlari.
- 3. Masxarabozlar va qiziqchilar teatri.
- 4. Qo‘g‘irchoq va qo‘g‘irchoqbozlik istilohlari izohi.
- 5. Qo‘g‘irchoq teatri tabiati va undagi ijrochilik xususiyatlari.
- 6. Qo‘g‘irchoq teatrining shakllanish tarixi va tasnifi: chodir jamol, chodir xayol va fonus xayol teatrilarining asosiy belgilari, repertuarlari va personajlari.
- 7. «Askiya» atamasining mohiyati, janr tabiati va o‘ziga xos ijro xususiyati, ichki turlari.
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI
Xalq orasida og‘zaki tarzda yaratilgan va xalq san’atkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan asarlar og‘zaki drama deb ataladi. Og‘zaki drama —xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan. - Xalq orasida og‘zaki tarzda yaratilgan va xalq san’atkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan asarlar og‘zaki drama deb ataladi. Og‘zaki drama —xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan.
- Og‘zaki drama turli xil o‘yin-kulgulardan, dramatik holatlardan, har xil qiyofaga kirgan tomoshachilarning monolog va dialoglaridan, sahna harakatlari-yu ovoz ohanglaridan tashkil topadi. Bular og‘zaki dramaning eng muhim janriy belgilari hisoblanadi.
- Og‘zaki dramani folklor teatri deb ham yuritadilar. Davr uchun muhim axloqiy normalar, mavjud tuzumga doir muammolar xususida tomosha ko‘rsatish og‘zaki dramaning asosiy vazifasi sanaladi. Bundan tashqari og‘zaki drama o‘z ichiga turli xil o‘yin, to‘y, bazm, marosim, sayllami hamda ertakchi, baxshi, qissaxon va roviylaming ijrochilik san’atini ham qamrab oladi.
Og‘zaki dramani sahnada professional qiziqchi va masxarabozlar ijro etadi. Shu sababli, odatda, u askiyaboz, qiziqchi, masxarabozlar yashagan joylarda tashkil topgan hamda satira va yumorga asoslangan. - Og‘zaki dramani sahnada professional qiziqchi va masxarabozlar ijro etadi. Shu sababli, odatda, u askiyaboz, qiziqchi, masxarabozlar yashagan joylarda tashkil topgan hamda satira va yumorga asoslangan.
- O‘zbek folklorshunosligi og‘zaki dramani ikki shaklga bo‘lgan holda o‘rganadi:
- 1. Masxaraboz va qiziqchilar teatri.
- 2. Qo‘g‘irchoq teatri.
- Masxaraboz va qiziqchilar teatrida dramaturgiya, sahna bezagi, qiziqchi aktyorlar, musiqa asosiy o‘rin tutadi.
- Sirasini aytganda, masxarabozlik va qiziqchilik — asrlar davomida shakllangan og‘zaki an’anadagi professional teatr hisoblanadi. Uni havaskorlik harakatidan farqlovchi xususiyati ham an'anaviy xalq teatri sanalganligi bo‘lib, XX asrning boshlaridayoq yuzaga kelgan yevropacha tipdagi o‘zbek professional teatrining sarchashmasiga aylanganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |