Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri


Download 1.46 Mb.
bet5/20
Sana13.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1195682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI

Qiziqchi ayollar o‘z tomoshalarida zolim , bevafo erlarning kirdikorlari, kundoshlik azobi, sof muhabbat haqida tomoshalar ko‘rsatganlar. Jumladan, «Bozorda to‘lg‘oq tutib qolgan xotin», «Cho‘pon va uning xotini», «Kundoshchilik», «O‘sma qo‘yish» kabi og‘zaki dramalar xotin-qizlar teatrida mahorat bilan ijro etilgan.

  • Qiziqchi ayollar o‘z tomoshalarida zolim , bevafo erlarning kirdikorlari, kundoshlik azobi, sof muhabbat haqida tomoshalar ko‘rsatganlar. Jumladan, «Bozorda to‘lg‘oq tutib qolgan xotin», «Cho‘pon va uning xotini», «Kundoshchilik», «O‘sma qo‘yish» kabi og‘zaki dramalar xotin-qizlar teatrida mahorat bilan ijro etilgan.
  • Og‘zaki drama asarlari mazmun-mundarijasi va sujetining uzun-qisqaligiga ko‘ra har xil bo‘lgan. Ularda satira va yumor yetakchi o‘rin tutgan. Agar og‘zaki dramada sinfiy munosabatlar, hukmdor amaldorlar, boylar, ruhoniylar zulmi, adolatsizligi, poraxo'rligi tanqid qilinsa, u satirik xarakter kasb etadi. Mabodo og‘zaki dramada qoloq urf-odatlar, ayrim shaxslar xarakteridagi yoki xatti-harakatidagi juz“iy kamchiliklar tanqid qilinsa, u yumoristik asar hisoblanadi. Masalan, «Mudarris» komediyasida o‘tmishdagi madrasa mudarrisi, o‘qish va o‘qitish masalasi, mudarrisning poraxo‘rligi, yulg‘ichligi, ikkiyuzlamachiligi o‘tkir satira bilan fosh etilgan bo‘lsa, «Sudxo‘r akam jon berdi», «Sudxo‘ming o‘limi», «Hindibozlik» komediyalarida sudxo‘rlik deb atalmish — mehnatsiz daromad topuvchilar xatti-harakati, riyokorligi keskin tanqid qilingan.

Xullas, satirik og‘zaki dramalarda, asosan, poraxo‘r amaldorlar, dindorlik niqobi ostida yurgan ayrim riyokor eshon-u domlalar, islom dinining chalasavod nazoratchilari, sudxo‘rlar, maishiy buzuq kimsalarning kirdikorlari ro‘y-rost ochib tashlanadi. Bunday asarlarni xalq ommasi maroq bilan qiziqib tomosha qilgan.

  • Xullas, satirik og‘zaki dramalarda, asosan, poraxo‘r amaldorlar, dindorlik niqobi ostida yurgan ayrim riyokor eshon-u domlalar, islom dinining chalasavod nazoratchilari, sudxo‘rlar, maishiy buzuq kimsalarning kirdikorlari ro‘y-rost ochib tashlanadi. Bunday asarlarni xalq ommasi maroq bilan qiziqib tomosha qilgan.
  • Yumoristik pyesalarda voqea-hodisalar yumor vositasida badiiy talqin etiladi. Ularda, asosan, o‘z mehnati evaziga kun kechiruvchi shaxslar faoliyatidagi nuqsonlar, ijtimoiy hayotdagi ayrim kamchiliklar, qoloq fikr va urf-odatlar, go‘llik, dangasalik oqibatida kelib chiquvchi kulgili vaziyatlar ko‘rsatib beriladi. Masalan, «Sartarosh», «Podachi», «Yog‘och polvon», «Hasan-Husan», «Bo‘zchilik», «Olacha to‘qish» kabi og‘zaki dramalar o‘z mavzu yo‘nalishiga ko‘ra yumoristik pyesalar qatoriga kiradi. Bu asarlar xushchaqchaq yumor qo‘zg‘atuvchi badiiy detallarga boyligi bilan ajralib turadi. Ulaming sujet voqealari sodda, qisqa va sermazmundir.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling