Bu ruboiy Sh.Shomuhammedov taijimasida shunday jaranglaydi: - Bu ruboiy Sh.Shomuhammedov taijimasida shunday jaranglaydi:
- Bizlar qo‘g‘irchog‘-u, falak qo‘g‘irchoqboz,
- Bu so‘zim chin so‘zdir, emasdir majoz.
- Yo‘qlik sandig‘iga bir-bir tushamiz,
- Vujud palosida o‘ynagach bir oz.
- Shuningdek, ruboiynavislikda uning an’analarini davom ettirgan Pahlavon Mahmud (1247-1326) ruboiysidagi tubandagi satrlarda ham shu fikrning rivojlantirilganligini kuzatish mumkin:
- Quyosh charog‘ bo‘lsa, jahon bir fonus,
- Qo‘g‘irchoqdek tunda biz sargardonmiz.
- M.Qodirov garchi qo‘g‘irchoq teatrini «qo‘g‘irchoq o‘yini» deb ta’riflab, uni dorboz, nayrangboz, chavandoz, ayiq, ilon, maymun o‘ynatish va yog‘och o ‘yini kabilar bilan bir qatorda qo‘ysa-da. aslida jonli so‘zlashuvda «Qo‘g‘irchoq o‘yini» ifodasi bolalaming qo‘g‘irchoq o‘ynashini anglatishini, binobarin, u nisbiy ma'nodagina qo‘g‘irchoq teatri hodisasini ifodalashi mumkinligiga u qadar ahamiyat bermaydi.
Qolaversa, qo‘g‘irchoq o‘ynayotgan qizaloq qo‘g‘irchoqboz ham emas. Qo‘g‘irchoq vositasida biror hayotiy voqelikni ko‘rsatish niyatida qolg‘irchoqlarni o‘ynatuvchi, ya’ni boshqarib turuvchi kishilar qo‘g‘irchoqbozlar yoki qo‘g‘irchoqbozlar deb yuritiladi. Ular sahna oldida, yo sahna ortida turib, qo‘g‘irchoqlarning o'zaro munosabatiga aralashadilar, aniqrog‘i, ulami harakatga solib, o‘zaro munosabatga kirishuvlarini ta’minlaydilar. Har bir qo‘g‘irchoqning ruhiyatiga, ko‘rinishiga moslab ovoz beradilar, bunda ovozni turlantirish uchun tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka moslama) qo‘yib oladilar. Binobarin, qo‘g‘irchoqlarni jonlantirib, voqelik mantiqiga mutanosib harakatga omuxta ovozda so‘zlash uchun qo‘g‘irchoqbozlarda alohida aktyorlik iste’dodi shakllangan bo‘lmog‘i zarur. Qolaversa, ularning o‘z leksikasi mavjuddir. So‘z ularning asosiy quroli hisoblanadi. Ular jonli xalq tilidan ustalik bilan foydalanib, qo‘g‘irchoq ijro etayotgan personajning individualligini ta’minlaydilar. - Qolaversa, qo‘g‘irchoq o‘ynayotgan qizaloq qo‘g‘irchoqboz ham emas. Qo‘g‘irchoq vositasida biror hayotiy voqelikni ko‘rsatish niyatida qolg‘irchoqlarni o‘ynatuvchi, ya’ni boshqarib turuvchi kishilar qo‘g‘irchoqbozlar yoki qo‘g‘irchoqbozlar deb yuritiladi. Ular sahna oldida, yo sahna ortida turib, qo‘g‘irchoqlarning o'zaro munosabatiga aralashadilar, aniqrog‘i, ulami harakatga solib, o‘zaro munosabatga kirishuvlarini ta’minlaydilar. Har bir qo‘g‘irchoqning ruhiyatiga, ko‘rinishiga moslab ovoz beradilar, bunda ovozni turlantirish uchun tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka moslama) qo‘yib oladilar. Binobarin, qo‘g‘irchoqlarni jonlantirib, voqelik mantiqiga mutanosib harakatga omuxta ovozda so‘zlash uchun qo‘g‘irchoqbozlarda alohida aktyorlik iste’dodi shakllangan bo‘lmog‘i zarur. Qolaversa, ularning o‘z leksikasi mavjuddir. So‘z ularning asosiy quroli hisoblanadi. Ular jonli xalq tilidan ustalik bilan foydalanib, qo‘g‘irchoq ijro etayotgan personajning individualligini ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |