Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri


Download 1.46 Mb.
bet10/20
Sana13.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1195682
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI

Shu ma'noda Kachal Polvonni maymoq Polvon, qaltiroq Polvon, qursoq Polvon deya kesatish, unga istehzo qilish va piching urish mumkin. Shu asosda Kachal uning laqabiga aylanib, bu bilan xalq unga hazil qilgan, uning ustidan tabassum etgan, muloyimgina jilmaygan. Aslida bunga uning bug‘doy rang, qirg'iy burun, qayrilma mo‘ylov, qora munchoqdan qilingan va yiltirab turuvchi qop-qora ko‘zlari, yashil va ko‘k rangli qalpog‘i tagidan chiqib turgan qora sochlari, to‘q qizil yoki sariq ko‘ylagi, hamisha xushchaqchaq va sho‘x qiyofasi hamda ziddiyatli va murakkab xarakteri muhim rol o‘ynagan. Chindan -da, u bir tomondan, ozgina yengiltak, maishatparast, urishqoq, hovliqma, yalqov, boqibeg‘am, maqtanchoq. ikkinchi tomondan, sodda, sho‘x, beg‘ubor, qo‘rqmas. jasur, to‘g‘rilik va haqiqat yo‘lida tolmas kurashchi. U xarakteridagi ana shu ikkinchi qutb tufayli hamisha g‘olib chiqib, maqsadiga yetishadi, qolaversa, xuddi shu fazilatlari tufayli inglizlardagi Ponch, fransuzlardagi Polishinel, ruslardagi Petrushka, nemislardagi Gonivurt yoki Gansvurt, chexlardagi Kashparon yoki Kashparak, italyanlardagi Pulchinello, turklardagi Qorago'z, yoxud Qora qiz va eroniylardagi Pahlavon Kachalga safdoshdir.

  • Shu ma'noda Kachal Polvonni maymoq Polvon, qaltiroq Polvon, qursoq Polvon deya kesatish, unga istehzo qilish va piching urish mumkin. Shu asosda Kachal uning laqabiga aylanib, bu bilan xalq unga hazil qilgan, uning ustidan tabassum etgan, muloyimgina jilmaygan. Aslida bunga uning bug‘doy rang, qirg'iy burun, qayrilma mo‘ylov, qora munchoqdan qilingan va yiltirab turuvchi qop-qora ko‘zlari, yashil va ko‘k rangli qalpog‘i tagidan chiqib turgan qora sochlari, to‘q qizil yoki sariq ko‘ylagi, hamisha xushchaqchaq va sho‘x qiyofasi hamda ziddiyatli va murakkab xarakteri muhim rol o‘ynagan. Chindan -da, u bir tomondan, ozgina yengiltak, maishatparast, urishqoq, hovliqma, yalqov, boqibeg‘am, maqtanchoq. ikkinchi tomondan, sodda, sho‘x, beg‘ubor, qo‘rqmas. jasur, to‘g‘rilik va haqiqat yo‘lida tolmas kurashchi. U xarakteridagi ana shu ikkinchi qutb tufayli hamisha g‘olib chiqib, maqsadiga yetishadi, qolaversa, xuddi shu fazilatlari tufayli inglizlardagi Ponch, fransuzlardagi Polishinel, ruslardagi Petrushka, nemislardagi Gonivurt yoki Gansvurt, chexlardagi Kashparon yoki Kashparak, italyanlardagi Pulchinello, turklardagi Qorago'z, yoxud Qora qiz va eroniylardagi Pahlavon Kachalga safdoshdir.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling