Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri
Download 1.46 Mb.
|
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI
O‘zbek an’anaviy xalq teatri o‘ziga xos dramaturgiyaga ega. Bu og'zaki drama deyilib, undagi personajlar o‘z individual qiyofasiga, mijozi (temperamenti)ga, aql-u zakovatiga, hissiyot va kechinmasiga, tanasi va unga mos harakatlariga ega. Bu teatming ijrochi — artisti masxaraboz (masxara), qiziqchi (qiziq) va taqlidchi (muqallid) nomlari bilan yuritiladi. Artist faoliyatining asosini satira va yumor, aniqrog‘i, hajv va tanqid, hazil, tanqid va piching, istehzo va kesatiq, qahqaha va xanda tashkil etgani bois u nomiga mazkur so‘zlarni laqab sifatida qo‘shib olgan. Demak, uning ijrochilik faoliyati shu yo‘nalishga qat’iy yo‘naltirilgandir.
Taxminan XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlaridan e’tiboran arabcha «masxara» so‘ziga fors-tojik tilidagi «bozi» (o‘yin) so‘zidan —»i» tovushi qisqargan holatda «-boz» shaklida qo‘shilib, «masxaraboz» istilohi bunyod etilgan. Lekin aktyor ma’nosida ham masxara, ham masxaraboz istilohlari baravar qo'llanib boravergan. Shu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa shu istiloh bilan sifatlangan holda yuritilishi an’anaviy tus olgan. Binobarin, masxaraboz yoki masxara — xalq teatrining komik aktyori bo‘lib, mazax vositasida voqeani muayyan matnga solib, hajviy tomosha ko‘rinishida ijro etib beruvchi kulgi ustasi sanaladi. U o‘z tomoshalarini, asosan, ochiq maydonlarda, sayllarda namoyish etgan. Masxarabozlar ijrosidagi tomoshalarda ijtimoiy adolatsizlikni, erksizlikni, an’anaviy qoloqlikni, ishyoqmaslikni, tekinxo‘rlikni, uquvsizlikni fosh qiluvchi ijtimoiy ruh g‘oyat baland bo‘lgan. Shu sababli ular ijrochiligi «xalq teatri» sifatida e’tirof etilgan.
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling