Magnit kattaliklarni o‘lchashning umumiy masalalari. Magnit oqimini o‘lchash Reja


Download 217 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi217 Kb.
#1472331
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XOLIQJONOV XASANJON .docx


Magnit kattaliklarni o‘lchashning umumiy masalalari. Magnit oqimini o‘lchash
Reja:

1. Umumiy mahlumotlar


2. Magnit maydon parametrlarini o‘lchashning kvant magnitorezonans usullari
3. Yadroviy magnit rezonans (YAMR) usuli

4. Yadroviy induksiya usuli


5. Yadroviy magnit rezonans yutilish usuli
6. Elektron paramagnit rezonansi (EPR) usuli
1. Umumiy mahlumotlar
Magnit maydon (MM) parametrlari magnit maydonni tavsiflovchi skalyar, vektor va tenzor kattaliklar bo‘lib, ular koordinatalar sistemasiga invariantdir. Ularga magnit oqimi, magnit induksiyasi vektori, magnit maydon kuchlanganligi vektori, magnit induksiyasi vektorining gradienti gradV(V) (tenzor), magnit induksiyasi vektori modulining gradienti gradV(V) (vektor) kiradilar. Odatda, skalyar kattaliklar magnit oqimi, magnit induksiyasi vektorining moduli, uning tashkil etuvchilari va hosilalari bevosita o‘lchanadi, ular orqali boshqa xususiyatlari aniqlanadi. Magnit maydon parametrlarini o‘lchash boshqa har qanday magnit o‘lchashlarning asosidir. Ulardan kelib chiqib, materiallar, mahsulotlar, moddalarning magnit xususiyatlari aniqlanadi, hamda ko‘plab ilmiy va xalq xo‘jaligi muammolariga bog‘liq masalalar echiladi. Hozirgi vaqtda 10-16 Tesladan (magnit vakuumi) 30 Tesla (tl)gacha o‘zgarmas magnit maydon induksiyasi, 10-15 tl dan bir necha Teslagacha o‘zgaruvchan magnit maydon induksiyasi (bir necha Gs dan bir necha o‘n Mgs gacha), 10-15 Tesladan bir necha yuz Teslagacha impulsli magnit maydon induksiyasini o‘lchashga to‘ri keladi. Magnit oqimi kvanti (2,0710-15Veber) ning mingdan bir ulishlaridan o‘nlab Vebergacha qiymatlarini o‘ta past yoki o‘ta yuqori temperaturalarda, katta yoki kichik bosimlarda o‘lchashga to‘ri keladi. Hozirgi vaqtda magnitorezonans, galvanomagnit, induksion usullar magnit maydon parametrlarini o‘lchashda keng qo‘llanilmoqda. Xoll effekti (galvanomagnit usul) qo‘llanilganda aniqlik, asosan, Xoll o‘zgartgichining aniqligiga bog‘liq bo‘lib, yuqori ko‘rsatgichga ega. Magnitooptik usuli Faradey effektiga asoslangan bo‘lib, katta magnit maydon parametrlarini o‘lchashga xizmat qiladi. Induksion usullarning keng tarqalgan ko‘rinishi magnitomodulyasion usuldir. Ferrozond o‘zgartirgichlardan foydalanadigan bu usul yuqori sezgirligi va kichik o‘lchamlari bilan ajralib turadi.

Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling