Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Elementar zarralar ta’sirlashuvining turlari


Download 0.52 Mb.
bet101/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Elementar zarralar ta’sirlashuvining turlari. Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra, tabiatda to‘rt xil fundamental ta’sirlashuv mavjud. Bular kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion ta’sirlashuvlardir. Bu ta’sirlashuv- larning har birini amalga oshiruvchi zarralar va har biriga mos keluvchi o‘z maydonlari mavjud. Adronlar – barcha turdagi fundamental ta’sirlashuvlarda ishtirok etadi. Bu sinfga barionlar va π-mezonlar kiradi. Barionlar + 1 barion zaryadiga, antizarralari esa –1 barion zaryadiga ega. Mezonlarning barion zaryadi nolga teng. Barionlarning spini yarim sonli, mezonlarniki esa butun son. Nuklonlar va nuklonlarga bo‘linadigan og‘irroq zarralar ham barionlarga kiradi. Massasi nuklonning massasidan katta bo‘lgan barionlarga giperonlar deyiladi.
Leptonlar – kuchli ta’sirlashuvdan boshqa har uchala ta’sirlashuvlarda ham ishtirok etadi. Leptonlar (“leptos” yunoncha – yengil) elektronlar, pozitronlar, μ – mezonlar va neytrinolardir. Leptonlar + 1 lepton zaryadiga, antizarralari esa –1 lepton zaryadiga ega.
Fotonlar – gravitatsion va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok etadigan zarralar.
Gravitonlar – faqat gravitatsion ta’sirlashuvda ishtrok etadi deb hisob- lanuvchi zarralar. Garchi oxirgi tajribalar gravitatsion to‘lqinlarni qayd etishayotgan bo‘lsa-da, gravitonlarning mavjudligi oxirigacha tasdiqlanmagan.
Barcha elementar zarralar bir-birlariga aylanib turishadi va bu aylanishlar
ular mavjudligining asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.
1964-yilda amerikalik fiziklar M. Gel-Man va J. Sveyglar kvarklar deb ataluvchi faraziy zarralar mavjudligini bashorat qilishdi. Ularning fikricha, adronlar kvarklardan tashkil topgan. Hozirgi kunda ularning mavjudligini tasdiqlovchi tajriba natijalari mavjud.
Kvarklar kuchli, kuchsiz va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok etishadi. Hammasi bo‘lib kvarklar oltita. Ular lotin harflari bilan belgilanib, uchta (u,d), (c,s), (t,b) oilaga bo‘linadi. Oltita kvarkning har biri o‘z “hidi” bilan ajratiladi va ular uchta – sariq, ko‘k va qizil “rangda” bo‘ladi. Dastlab u, d, s kvarklar kiritildi. Keyinchalik esa ularga “maftunkor” c (charm), “go‘zal” b (beautn) va “haqiqiy” t (truth) kvarklari qo‘shildi. u, c, t kvarklarning elektr zaryadi elektron zarralarining +2/3 qismiga, qolganlariniki esa 1/3 qismiga teng. Antikvarklar mos ravishda qarama-qarshi elektr zaryadiga ega. Kvarklarning spini ℏ birligida beriladi. Kvarkning kattaligi 10–18 dan oshmaydi, ya’ni kvark protondan kamida 103 (ming) marta kichik. Protonni E ≈ 2 · 104 MeV energiyali elektronlar bilan bombardimon qilish undagi zaryad proton ichida uch joyda mos ravishda + 2/3qe,+ 2/3qe va
– 1/3qe kabi joylashganini ko‘rsatdi.
Neytron ham bitta u(q = 2 q ) va ikkita d (q =−1 q ) kvarklardan

tashkil topgan.


u 3 e
d 3 e

Mezonlar kvarklar va antikvarklardan tashkil topgan. Masalan,


π+-mezon ud dek tashkil topgan. Bu yerda: dd – kvarkning antizarrasi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling