Nuklonlarning kvarklardan tuzilishi
Nuklon
|
Elektron zaryad
|
Tarkibi
|
Kvarklarning elektr zaryadi
|
Proton
|
+ qe
|
u, u, d
|
2 2 1
+ 3 qe, + 3 qe, – 3 qe
|
Neytron
|
0
|
u, d, d
|
2 1 1
+ 3 qe, – 3 qe, – 3 qe
|
Zamonaviy nazariyalarga muvofiq yettita asosiy zarralar mavjud bo‘lib, qolganlarini ulardan tuzish mumkin. Bular kvark, antikvrak, glyuon, graviton va uchta xigson.
Leptonlar va kvarklar yanada maydaroq zarralardan tashkil topgan degan nazariyalar ham yo‘q emas.
Hozirgi paytda olimlarning asosiy diqqati elementar zarralarning “Standart modeli”ga qaratilgan. Ayniqsa, 2012-yil 4-iyulda Xiggs bozoni kashf qilingani haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingandan so‘ng bu modelga qiziqish yanada kuchaydi.
Shu bilan birga “Standart model”da faqat uchta: kuchli, kuchsiz va elektromagnit ta’sirlashuvlargina birlashtirilib, to‘rtinchi gravitatsion ta’sirlashuv qaralmaydi.
«Elementar» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
Hozir nechta zarra mavjudligi aniqlangan?
Zarra va antizarra uchrashganda qanday hodisa ro‘y beradi?
Modda va maydon bir-biriga aylanadimi?
Kvarklar qanday zarralar?
Do'stlaringiz bilan baham: |