Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Download 0.52 Mb.
bet103/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Masala yechish namunasi:

Elementar zarra pi-nol-mezon (π0) ikkita γ – kvantga parchalandi. Agar bu zarraning tinchlikdagi massasi 264,3 elektron massasiga teng bo‘lsa, γ – nurlanish chastotasini toping.


Yechilish i: Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq
E = 2E m c2 = 2hvv = 264,3 mec2
π γ π 2h

e
m с2 = 0,511 MeV dan
v = 264,3⋅0,511⋅106 eV = 264,3⋅0,511⋅1021 Hz

2⋅4,136⋅10−15 eV⋅s


= 16,33 · 1021 Hz.
8,272 =



Javobi: 16,33 · 1021 Hz.


      1. mavzu. ATOM ENERGETIKASINING FIZIK ASOSLARI. YADRO ENERGIYASIDAN FOYDALANISHDA XAVFSIZLIK CHORALARI



Og‘ir yadroning bo‘linishi. Og‘ir yadrolarning bo‘linish imkoniyatini, 7.12-rasmda keltirilgan solishtirma bog‘lanish energiyasining massa soniga bog‘liqlik grafigi asosida tushuntirish mumkin. Bu grafikdan ko‘rinib turibdiki, og‘ir yadrolarning solishtirma bog‘lanish energiyasi Mendeleyev jadvalining o‘rta qismidagi elementlarning solishtirma bog‘lanish energiyasidan 1 MeV ga kichik. Demak, og‘ir yadrolar o‘rta yadrolarga aylansa, unda har bir nuklon uchun 1 MeV dan energiya ajralib chiqar ekan.

Agar 200 ta nuklonli yadro bo‘linsa, unda ≈ 200 MeV atrofida energiya ajralib chiqadi va uning asosiy qismi (≈ 165 MeV) yadro parchalarining kinetik energiyasiga aylanadi.


Uran yadrosining bo‘linishi. 1938–1939-yillarda nemis fiziklari O. Gan va F. Strassmanlar neytron bilan bombardimon qilingan uran yadrosi ikkita (ba’zida uchta) bo‘lakka bo‘linishi va bunda katta miqdorda energiya ajralishini aniqladilar. Bu bo‘linishda davriy sistemaning o‘rta elementlari hisoblanmish bariy, lantan va boshqalar hosil bo‘ladi.
Tajriba natijalari quyidagicha tahlil qilindi. Neytronni yutgan uran yadrosi g‘alayonlangan holatga o‘tadi va ikkita bo‘lakka parchalanib ketadi. Bunga sabab – protonlar orasidagi kulon itarishish kuchining yadro tortishish kuchlaridan katta bo‘lib qolishidir. Yadro parchalari musbat zaryadlangan bo‘lganligi uchun ham bir-birlarini kulon kuchi ta’sirida itaradi va katta tezlik bilan otilib ketadi. Bir paytning o‘zida 2–3 ta ikkilamchi neytron ajralib chiqadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ikkilamchi neytronlarning asosiy qismi uchib chiqayotgan, g‘alayonlangan parchalardan ajraladi.
Bo‘linish mahsulotlari turli-tuman bo‘lib, qariyb 200 xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Massa soni 95 dan 139 gacha bo‘lgan yadrolarning hosil bo‘lish ehtimoli eng katta bo‘ladi. Teng massali bo‘linish ehtimoli ancha kichik va kamdan kam hollardagina ro‘y berishi mumkin. Bo‘linish reaksiyasining quyidagicha holi eng ko‘p ro‘y beradi:


235 U+ 1n → 236 U → 142 Ba + 91Kr+31n+Q
(energiya). (7–21)

92 0 92 56 36 0


Keyingi izlanishlarning ko‘rsatishicha, neytron ta’sirida boshqa og‘ir

elementlarning yadrolari ham parchalanishi mumkin ekan. Bular


238

90


U ,
92


94
239 Pu ,


232Th va boshqalar.





Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling