Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


mavzu. O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA REZONANS HODISASI


Download 0.52 Mb.
bet33/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

mavzu. O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA REZONANS HODISASI

O‘zgaruvchan tok zanjirida qarshiligi R bo‘lgan qarshilik, induktivligi L bo‘lgan g‘altak va sig‘imi C bo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan holda tok zanjirining to‘la qarshiligi


Z =
ifoda bilan aniqlanishi Sizlarga ma’lum. Bundan, agar XC = XL bo‘lib qolsa,
XC XL = 0 ayirma nolga teng bo‘lib, Zmin = R bo‘lib qolishi kelib chiqadi. Bun-

da zanjir qarshiligi o‘zining minimal qiymatiga erishadi. Zanjirdagi tok kuchi


amplitudasi
I = Um = Um . (3–26)
m Z R
Demak, bu sharoitda zanjirdagi tok kuchining amplitudasi ortib ketar ekan. Bu hodisaga elektr zanjiridagi rezonans deyiladi. Rezonans kuzatilishi uchun

1
ωL = C


1
yoki ωrez =
shart qanoatlantirilishi kerak.

Biz aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lgan tebranish konturida hosil bo‘ladigan erkin


Imax

1
tebranishlar chastotasi ω0 =


ifoda bi-

lan aniqlanishini bilamiz. U holda zanjir- R1



R
da rezonans vujudga kelishi uchun zanjirga
2
qo‘yilgan tashqi davriy kuchlanish chastotasi R
zanjirning xususiy chastotasiga teng bo‘lishi 3



zarurligi kelib chiqadi. ωrez = ω0. 3.21-rasmda zanjirdagi tok kuchining amplitudaviy qiyma- tining unga qo‘yilgan tashqi kuchlanish chasto-
0 ω0 ω
3.21-rasm.

tasiga bog‘liqlik grafigi keltirilgan. Im ning chastotaga bog‘liq grafigi resonans egri chizig‘i deyiladi.


3.21-rasmda R1 < R2 < R3. Tashqi kuchlanish chastotasi ortib borishi bilan zanjirdagi tokning amplitudaviy qiymati ortib boradi va ωrez = ω0 bo‘lganda maksimal qiymatga erishadi. So‘ngra chastota ortishi bilan tok qiymati ka- mayib boradi.
Kuzatilgan rezonans hodisasini kuchlanishlar rezonansi deyiladi.
Chunki, rezonans vaqtida tok ortishi bilan g‘altak va kondensatordagi kuchlanishlar birdaniga ortadi. Ularning qiymati tashqi kuchlanish qiymati- dan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
Rezonans vaqtida induktiv g‘altak va kondensatordagi kuchlanish tebra- nishlari amplitudasi quyidagicha bo‘ladi:



ULrez = U
Crez
= Im
Um

=
XL = Im XC R


. (3–27)

1
Tebranish konturlarida R


> 1 shart bajariladi. Shuning uchun g‘altak

va kondensatordagi kuchlanishlar zanjirga qo‘yilgan kuchlanishdan ortiq bo‘ladi va R kamayishi bilan ortib boradi. Umuman olganda, aktiv qarshi- likning katta qiymatlarida rezonans amalda kuzatilmaydi.


Rezonans davrida o‘zgaruvchan tokning amplitudaviy qiymati bilan umu- miy kuchlanish amplitudasi bir xil fazada tebranadi.
Rezonans hodisasidan texnikada keng foydalaniladi. Radiopriyomniklarda tashqaridan keladigan ko‘plab radiostansiyalar ichidan kerakli stansiya signal- larini ajratib olish rezonans hodisasiga asoslangan. Bunda priyomnikning kirish qismidagi tebranish konturidagi sig‘im yoki induktivlik qiymati o‘zgartirilib, uning xususiy chastotasi, qabul qilinishi kerak bo‘lgan stansiya signali chasto- tasiga teng qilib sozlanadi. Konturda aynan mana shu tanlangan chastotali sig- nal uchun rezonans hodisasi ro‘y berib, uning hosil qilgan kuchlanishi eng kat- ta bo‘ladi. Elektrotexnik qurilmalarda ham rezonans hodisasi hisobga olinadi. Chunki, rezonans davrida g‘altak yoki kondensatorda kuchlanishning ortib keti- shi unda elektr teshilishlari (proboy) sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling