Spektral analiz
|
Moddaning chiqarish yoki yutilish spektrlariga ko‘ra uning
tarkibini aniqlash.
|
Yorug‘likning qutblanishi
|
Yorug‘likning turmalin plastinasidan o‘tganida elektr va
magnit maydon kuchlanganlik vektorlarining yo‘nalishlari
tartiblangan holga o‘tishi.
|
Malyus qonini
|
I = I cos2φ. Qutblangan yorug‘likning analizatordan o‘tgan-
o
dagi intensivligi.
|
Analizator
|
Yorug‘likning qutblanganligini aniqlovchi asbob.
|
Polyarizator
(qutblagich)
|
Tabiiy yorug‘likni qutblab beruvchi asbob.
|
Infraqizil nurlar
|
Vakuumda to‘lqin uzunligi 700 nm – 1 mm oraliqda bo‘l-
gan elektromagnit to‘lqinlar.
|
Ultrabinafsha
nurlar
|
Vakuumda to‘lqin uzunligi 122 nm – 400 nm oraliqda
bo‘lgan elektromagnit tebranishlar.
|
Rentgen nurlari
|
Vakuumda to‘lqin uzunligi 0,005 nm ÷100 nm oraliqda
bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlari.
|
Nurlanish oqimi
|
Vaqt birligi ichida biror-bir yuzaga tushayotgan energiya
miqdori: Ф = W .
t
|
Nurlanish inten- sivligi
|
Nurlanish oqimining shu oqim o‘tadigan yuzaga nisbati.
I = Ф . Birligi – W .
S m2
|
Yorug‘lik kuchi
|
Yorug‘lik oqimi Ф ni, shu yorug‘lik chiqayotgan fazoviy burchak Ω ga nisbati. Birligi – kandela (cd). SI birliklar tizimining asosiy birligi. 1 cd sifatida yuzasi 1/600000 m2, temperaturasi platinaning qotish temperaturasiga teng, tashqi bosim 101325 Pa bo‘lgan holda, to‘liq nurlantirgichdan perpendikular yo‘nalishda chiqayotgan
yorug‘lik kuchi qabul qilingan.
|
Yoritilganlik
|
Yuza birligiga tushgan yorug‘lik oqimi. Birligi – lyuks (lx).
I
E = R2 cosφ – yoritilganlik qonuni.
|
Ravshanlik
|
Yorug‘lik chiqayotgan yuza birligiga to‘g‘ri keladigan
yorug‘lik kuchi. B = I . Birligi – cd .
S m2
|