Magnit maydoni va uning xarakteristikalari


Download 275.5 Kb.
bet1/3
Sana14.11.2023
Hajmi275.5 Kb.
#1772830
  1   2   3

4.11. MAGNITIZM. MAGNIT MAYDON. TOKLI KONTUR.


Reja:



  1. Magnit maydoni va uning xarakteristikalari.




  1. Ersted tajribalari. Sinov tokli konturi. Magnit induksiya vektori.

  2. Magnit oqimi. Magnit maydon kuchlanganligi.




  1. Amper qonuni. Lorens kuchi. Elektr toki magnit maydoni.




  1. Bio-Savar-Laplas qonuni.




  1. Jismlarning magnit xossalari. Dia-, para-, ferromagnetizm.



Tayanch so’z va iboralar: Magnit maydoni, Ersted tajribalari, sinov tokli konturi,magnit induksiya vektori,magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi, Amper qonuni, Lorens kuchi, Bio-Savar-Laplas qonuni, dia-, para-, ferromagnetism.


1. Magnit maydoni va uning xarakteristikalari.

XVIII asrdayoq fransuz fizigi Arago tomonidan chaqmoq razryadi natijasida temir buyumlarning magnitlanishi, kompasning esa magnitsizlanish hodisasi o'z kitoblarida bayon etilgan edi. Bu hodisa magnit hodisalari bilan elektr hodisalari o'rtasida bog'liqlik mavjudligini ko'rsatar edi. Bunday farazning to'g'ri ekanligini 1820-yilda daniyalik fizik Ersted o'z tajribasida to'g'ri tokning magnit strelkasiga ta'siri orqali tasdiqladi. Tinch turgan zatyad magnit strelkasiga ta'sir qilmaydi, faqat harakatlanayotgan elektr zaryadlarigina magnit ta'siriga egadir. Shunday


qilib, harakatlanayotgan elektr zaryadlari atrofida maydonning yana bir turi — magnit maydoni hosil bo'lishi aniqlandi.


Elektromagnetizm – elektr toki vujudga keltiradigan magnit hodisalarini, magnit maydon bilan elektr toki orasidagi bog‗lanishlarni, moddalarning magnitlanishi va ularning turlarini hamda ularni amalda qo‗llash usullarini o‗rganuvchi bo‗limi. Magnit hodisalari va jismlarning magnit xossalari haqidagi ta‘limot – magnetizm deb ataladi.


Magnetizm – elektr toklarning o‗zaro ta‘siri, toklar va magnitlar momentiga ega bo‗lgan jismlar orasidagi mavjud o‗zaro ta‘sir jarayonida sodir bo‗ladigan hodisalar. Elektromagnit hodisalar va magnit maydonini kuch maydoni sifatida dastlabki o‗rganishni bir necha usullar bilan amalga oshirish mumkin. Birinchidan, maydonning doimiy magnitga (magnit strelkasiga) ta‘siri asosida (1a - rasm). Ikkinchidan, maydonning tokli berk konturga (ramkaga) ta‘siri asosida (1b - rasm). Uchinchidan, toklarning ularning magnit maydonlari vositasida o‗zaro ta‘siriga


asoslanib. Barcha bu usullar elektromagnetizmni bayon qilishning boshlanishi uchun faqat metodik variantlar bo‗lib, elektromagnit hodisalarni tavsiflashda bir xil natijaga olib keladi.



N

I




s

I




a)

b)

1-rasm.


Download 275.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling