Magnit va Elektr usulida boyitish texnologiyasi Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari
Download 329.17 Kb.
|
6- ma`ruza
MA`RUZA-6 Magnit va Elektr usulida boyitish texnologiyasi Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari. Magnit maydoni va uning xossalari Elektr usulida boyitish asoslari. Elektr maydoni va uning xossalari Magnit usulda boyitish. Minerall zarrachalarning magnit xususyatiga qarab klassifikatsiyalanishi. Reja: 1. Magnit usulida boyitish 2. Magnit maydon va uning xossalari 3. Minerallarning magnit xossalari 4. Magnit seperatorlarining tasnifi 5. Xulosa. 6. Foydalingan adabiyotlar ro'yxati Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarrachalariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo‘lgan zarrachalar har xil harakatlanish trayektoriyalariga ega bo‘ladi. Yordamchi asbob-uskuna sifatida boyitish fabrikalarida rudani magnitlash va magnitsizlantirish uchun apparatlar va magnitli gidroseparatorlar ishlatiladi. Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar o‘lchami 70 dan 150 mm gacha bo‘lgan magnitli rudalarni quruq boyitish uchun elektromagnit sistemali barabanli separatorlar, 40 mm gacha o‘lchamdagi rudalarni boyitish uchun esa doimiy magnitli barabanli separatorlarni ishlatish mumkin Bir barabanli separatorning sxemasi 24-rasm Magnit – grekcha sо‘z bо‘lib (magnetis), kichik osiyodagi qadimgi shahar magnes nomidan olingan va “magnes toshi” degan ma’noni bildiradi. Fanda esa, magnit maydoni hosil qilish qobilyatli jism ma’nosini beradi. Demak, magnetizm xodisasi tabiat (ollox) tomonidan yaratilgan mо‘jizalardan biridir. Amper magnetizm xodisasini tadqiq qilish natijasida shund ay xulosaga keladi: har qanday jismning magnit xossalari ularning ichidagi berk elektr toklari bilan aniqlanadi Moddalarni magnit xossalari bilan chuqurroq tanishish uchun magnetizm moxiyatini atomdan boshlab kо‘rib chiqamiz. Ma’lumki atom yadrosi atrofida (orbita bо‘yicha) elektronlar aylanadi. Masalan: vodorod atomi yadrosi atrofida bitta elektron, geliyda-ikkita. Boshqa elementlarda elektronlar ma’lum orbita tizmini hosil qiladi. Elementlardagi elektronlar soni Mendeleyev jadvalidagi tartib raqamiga teng. Masalan: vodorodda -1, geliyda – 2 natriyda - temirda – 26 va hokazo. Bu elektronlar atom yadrosi atrofida о‘z orbitalariga ega bо‘lib elektronlar soni kо‘paygan sari elektron orbitalarini soni (qobiqlar) kо‘payib boradi. Yadroga eng yaqin masofada birinchi qobiq, undan keyin ikkinchi, uchinchi va hokazo qobiqlar joylashgan. Birinchi orbitada – 2 tagacha, ikkinchi orbitada – 8 tagacha, uchinchi orbitada – 18 tagacha elektron aylanishi mumkin. Bundan tashqari atom tuzilishida qobiqcha (orbitacha), degan tushuncha bor. YA’ni, orbitalar orbitachalarga bо‘linadi. Masalan, ikkinchi orbita – 2 ta, uchinchi orbita – 3 ta orbitachadan iborat. Har bir qobiq о‘z energiya darajasiga ega .Elektronlar avvalo eng past energiya darajasiga ega bо‘lgan ichki (m: birinchi) qobiq (orbitaga) joylashishga harakat qiladilar. Ammo, ba’zi elementlarda ichki qobiqlar elektronlar bilan tо‘lmagan. Magnit dipoli uchta tarkibdan, ya’ni yadro momenti, elektronlarning orbital va spin magnit momentlardan tashkil topgan. Yadro magnit momenti elektronlar hosil qilgan magnit momentidan ancha kichik. Ma’lumki, elektronlar elektr zaryadiga ega. Ular orbita bо‘ylab aylanganda orbital magnit momenti, о‘z о‘qi atrofida aylanganda sipin magnit momentini hosil qiladilar.Demak, elektronlarning magnit momenti ularning aylanishidan hosil bо‘ladi. Xulosamning mazmuni shundan iboratki bu mavzuda men rudalarni boyitish jarayonida bir necha uslullardan foydalanishi hamda Magnit usuli haqida ma'lumotlarga ega bo'ldim. Shuningdek magnit usulda qanday boyitilishi qanday seperatorlardan foydalanilishi haqida bilib oldim. Savollar: Qanday rudalar magnit usulida boyitiladi Magnitli separatorlar nima maqsadda ishlatiladi Kuchli magnitli separatorlarni turlarini ayting Kuchsiz magnitlanuvchi minerallar qanday boyitiladi Download 329.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling