Magnit va Elektr usulida boyitish texnologiyasi Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


Elektr usulida boyitish. Elektr usulida boyitish asoslari. Elektr separatorlarining tuzilishi


Download 329.17 Kb.
bet2/4
Sana06.10.2023
Hajmi329.17 Kb.
#1693696
1   2   3   4
Bog'liq
6- ma`ruza

Elektr usulida boyitish. Elektr usulida boyitish asoslari. Elektr separatorlarining tuzilishi
Elektr maydoni deb, zaryadlangan jismga elektr kuchlari ta’sir qilayotgan fazaga aytiladi. Elektr maydonidagi jismning harakat yo‘llari elektr kuch chiziqlari deb ataladi. Elektr maydonining elektr kuch chiziqlari bir-biriga ulangan. Ular musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryada tugaydi.





26-rasm. Har-xil ko‘rinishdagi elektr maydonlari ko‘rsatilgan.

Elektr kuch chiziqlarining zichligi maydoning kuchlanganligi deb ataladi. U shu maydonga joylashtirilgan musbat zaryadga (q) maydon tomondan ta’sir qilayotgan kuchga teng, ya’ni E=F/q, bu yerda E-elektr maydoni kuchlanganligi; F- zaryadga ta’sir qilayotgan kuch; q-zaryad miqdori.


Maydonning hamma nuqtalarida kuchlanganlik bir xil bo‘lsa bir tekis maydon, har-xil bulsa notekis maydon deb ataladi. Notekis maydonda kuchlanganlikni o‘zgarish grafigini (60) tenglama bilan aniqlanadi.
(38)
Zarrachaning elektr maydonida olgan zaryad miqdori (63) tenglama bilan aniqlanadi
Q =Jt, kl (kulon) (39)
Bu yerda: q-tok kuchi,
J-bo‘lganda,
t-vakt ichida zarracha ko‘ngdalang kesm yuzasidan o‘tgan elektr zaryadi.
Elektr zaryadlari bilan ta’sirlanayotgan muhit dielektrik o‘tkazuvchanligi bilan harakterlanadi. U zaryadning muhitga ko‘rsayotgan kuchi, vakumdagiga nisbatan qancha kichikligini ko‘rsatadi
(64)
bu yerda: - zaryadlarning vakuumdagi o‘zaro ta’sirlanish kuchi;
F-zaryadlarning berilgan muhitdagi ta’sirlanish kuchi.
Dielektrikning mutloq dielektrik o‘tkazuvchanligi
(40)

bu yerda: Eo-elektr doimiyligi, ( Eo =8.85*10-12 f/m.)


E- dielektrikning dielektrik o‘tkazuvchanligi.
Jismlarning asosiy xossalaridan biri ularning elektr o‘tkazuvchanliklaridir, ya’ni elektr toki o‘tkazish qobilyatidir. Elektr o‘tkazuvchanlikning o‘lchov birligi simens(sm) bo‘lib, u, 1A tok o‘tayotganda uchlarida kuchlanganligi 1V bo‘lgan o‘tkazuvchining elektr o‘tkazuvchanligiga teng.
Om qonuniga binoan mineral zarrachaning elektr o‘tkazuvchanligi
Sm (A/V)
bu yerda: G - o‘tkazuvchanlik, sm;;
J - tok miqdori, A;
U - potensiallar ayrimasi, v;
g - solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik, sm/m;
S - zarrachaning qirqim yuzasi, m2;
e - zarracha uzunligi, m.
Ko‘pincha solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik degan tushuncha ishlatiladi. Bu jismdagi tok zichligini elektr maydoni kuchlanganligi nisbatiga teng(o‘lchov birligi sm/m ) , ; sm/m.
Jismning solishtirma qarshiligi deb, shu jismning solishtirma elektr o‘tkazuvchanliginingteskari qiymatiga teng (o‘lchov birligi Om.m.)
Saralagichlarda elektr maydoni elektrodlarni biriga yuqori kuchlanganlikka 110-50kV) ega bo‘lgan o‘zgarmas tok berish bilan amalga oshiriladi.
Tojli- elektro statik saralagichlarda esa qo‘shimcha havo ionlashtiriladi.



Download 329.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling