Magnit va Elektr usulida boyitish texnologiyasi Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari
Download 329.17 Kb.
|
6- ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral zarrachalarni zaryadlash usullari
- Elektr maydonida zarrachaga ta’sir qiluvchi kuchlar
- Minerallarni elektr usuli bilan saralashga tayyorlash
- Minerallarni elektr o‘tkazuvchanliklari buyicha elektrsaralagichlari
- 27- rasm. Baraban saralagichlarning sxemalari
- Tarqatma materiallar
19-jadval
Minerallarni elektr xossalari
Mineral zarrachalarni zaryadlash usullari Mineral zarrachalarini saralash samaradorligini oshirish maqsadida ular har xil yo‘l bilan zaryadlanadi. 1. Zarrachalarni bevosita elektrod bilan uchrashishi natijasida unda zaryad hosil bo‘ladi: q = (41) bu yerda: 0=8,85 ∙ 10-12 – vakuumni dielektrik kirituvchanligi, r – zarracha radiusi. 2. Toj – razryad maydonida (mineralga ionlashgan zarrachalar bilan ta’sir etish). (42) 3. Zarrachani material yuzasiga ishqalanishi natijasida hosil bo‘lgan zaryad. q =qrSishq (43) Bu yerda: qk - kontakt zonasi qo‘sh elektr qavatdagi zaryad zichligi. Shuni aytish kerakki, zarracha zaryadning ishorasi, ishqalanayotgan material xossasiga bog‘liq. Masalan: ebonit yuzasiga ishqalangan kvars minerali musbat zaryadga, shishaga ishqalansa-manfiy zaryadga ega bo‘ladi. Elektr maydonida zarrachaga ta’sir qiluvchi kuchlar Zarrachaga mexanik va elektr kuchlari ta’sir qiladi. Saralagichning ishchi zonasida zarrachaga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr kuchlari uch xil bo‘ladi: 1. Kulon elektr kuchi: Fk=qE , (44) Bu yerda: Fk – zaryadlarni ta’sirlashishidagi kulon kuchi; E – elektr maydon kuchlanganligi, V/m; q – zarracha zaryadi, Kl. Kulon kuchi elektrod ishorasi bilan bir xil bo‘lgan zarrachani o‘zidan itaradi, har xil bo‘lsa o‘ziga tortadi. Agar, zarracha elektrodga tegsa, o‘z zaryadini ishorasini o‘zgartiradi. Zarrachadan zaryadlarni elektrodga oqib o‘tish tezligi quyidagicha ifodalanadi: q =q0exp (1/ RS) (45) bu yerda: R - kontakt qarshiligi; S – zarracha - elektrod kontakt sig‘imi; q0 - boshlang‘ich zaryad. Zarrachalarni zaryadsizlanish tezligi elektr o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Elektr o‘tkazuvchi zarrachalar darrov elektrod zaryadi ishorasini olib undan qochadilar. 2. Dielektriklar qutblanganda ponderomator kuchlar hosil bo‘ladi. (46) Bu yerda: z - zarrachaning dielektrik kirituvchanligi M - muhitning dielektrik kirituvchanligi (xavo uchun M=1). Ponderomator kuchlar zbilan Mqiymatlari hisobiga paydo bo‘ladi. . 3. Qaytaruvchi kuchlar, zaryadsizlangan zarrachada qolgan zaryad hisobiga hosil bo‘ladi (dielektriklarga xos): (47) Bu kuch ham Kulon kuchidan ancha kichik. Minerallarni elektr usuli bilan saralashga tayyorlash Har xil xossali mineral zarrachalarni bir-biridan ajralishlarini yaxshilash uchun ularni oldin changsizlantirish, o‘lchamlari bo‘yicha tasniflash va quritish ishlari bajariladi. Quritish jarayoni–materiallarini oquvchanligini oshiradi, changsizlantirish jarayoni zarrachalarni o‘z elektr xossasini tiklaydi (zarracha sirtiga o‘tirib qolgan chang - uning elektr xossasini o‘zgartirishi mumkin). O‘lchamlari bir-biriga yaqin bo‘lgan zarrachalarni saralash ijobiy natija beradi, chunki jarayonga og‘irlik kuchi ham ta’sir qiladi. Materiallarni o‘lchamlari bo‘yicha jarayonga tayyorlashda «ajralish faktori» tushunchasiga amal qilish kerak: ( 4.17) bu yerda: r va - zarrachaning radiusi va zichligi. va larning nisbatlari ( / ) oshgan sari saralanish yaxshilanib boradi. Minerallarning tabiiy elektr o‘tkazuvchanliklarini farqini oshirish maqsadida qizdirish yoki reagentlar bilan quyidagi ishlov berish ishlari bajarilishi mumkin: - o‘tkazuvchanliklar farqini oshirish uchun quritish (zarracha sirtidagi namlik uni elektr o‘tqazuvchan qilib qo‘yadi); - hajmiy elektr o‘tqazuvchanliklari quruq bo‘lgan holatda, bir-biriga yaqin bo‘lsa ularni namlab, sirt elektr o‘tkazuvchanliklari farqini oshirish mumkin; - materiallarni sirt-faol reagentlar bilan ishlov berish yo‘li bilan o‘tkazuvchanlik farqlarini oshirish. Qizdirish jarayonida bir vaqtda zarrachalarning sirt va hajmiy elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi. Bu hodisa o‘tkazgichlarda - ozayadi, yarim o‘tkazgichlarda – oshadi. Minerallarni elektr o‘tkazuvchanliklari buyicha elektrsaralagichlari Elektrostatik saralagichlarda elektr o‘tkazuvchi zarrachalar baraban elektroddan zaryad olib, undan qochadi. Dielektriklar esa o‘z og‘irlik kuchlari hisobiga traektoriyasini o‘zgartirmasdan, barabanga yopishib pastga tushadi. To‘siklarni moslab, zarrachalarni ajratadi olish mumkin (43- rasm, a ). Tojli saralagichlarda o‘tkazgichlar tojli elektrodda zaryadlanib, baraban elektroda zaryadsizlanadi va undan qochadi. Dielektriklar esa qoldiq zaryad hisobiga baraban elektrodga yopishib olib, u bilan birga aylanadi. Yarim o‘tkazgichlar esa dielektriklar bilan o‘tkazgichlar orasida to‘planadilar. (43-rasm, b). 27- rasm. Baraban saralagichlarning sxemalari: a) elektrostatik; b) tojli; v) tojli - elektrostatik saralagichlar; 1- bunker; 2- baraban; 3 – elektrod; 4 – elektrod; 5- barabanni tozalash cho‘tkasi. Tojli-elektrostatik saralagichlarda zaryadlanish - zaryadsizlanish jarayonida o‘ziga tortuvchi elektrod xam qatnashadi. Tojli elektroda zaryadlangan o‘tkazgich zarracha baraban elektroda zaryadsizlanib undan qochadi va qo‘shimcha manfiy zaryadlangan elektrod tortiladi. Bu traektoriyasini kengaytirishga olib keladi. Tarqatma materiallar Savollar
Qanday rudalar elektr usulda boyitiladi Elektr separatorlarning qanday turlari bor Elektr maydonining xossalarini ayting Kulon kuchi qanday topiladi. Download 329.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling