Mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida reja: mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi. Fuqarolik jamiyatining tuzilishi


Download 52.45 Kb.
bet7/7
Sana09.12.2021
Hajmi52.45 Kb.
#179452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fuqarolik jamiyatining tuzilishi 

Huquqiy demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining to‘la ta’minlanishi, qonunlarning ustivorligi va barchaning qonun oldida tengligi kafolatlanadi. O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga demokratiq huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ydi. Demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning zamirida esa inson huquq va erkinliklarini himoya qilish ustivor vazifa qilib belgilandi.

O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng xalqimizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlardagi davlatchilik an’analarining ilg‘or yutuqlaridan keng foydalanib, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllanitirishga kirishdi. Mamlakatda boshqaruv tartiblari tubdan yangilanmoqda, boshqaruvning huquqiy asoslari yaratildi va tobora rivojlantirib, shakllantirib borilmoqda. Mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ta’minlanmoqda.

Hozirgi kunda fuqarolik jamiyati deganda davlat bilan bir qatorda mavjud bo‘lgan nisbatan mustaqil va ba’zan unga qarshi turadigan kuch tushuniladi. Fuqorolik jamiyatida fuqarolarning birlashmalari (parti-yalar, jamoat tashkilotlari va h. k.) shaxs va davlat o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Kelgusida davlatning ijtimoiy funksiyalari kengayishi va real huquqiy davlat shakllanishi bilan fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi chegara asta-sekin yo‘qolib boradi

Xullas, «fuqarolik jamiyati» sotsiologiya, huquq va siyosat nazariyasi tushunchalari jumlasiga (erkinlik, adolat, tenglik, demokratiya tushunchalari qatori) kiradi. Bunday tushunchalar ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ularni ta’riflash anchagina mas’uliyatli hisoblanadi.

Fuqarolik jamiyati chegaralari bu «xususiy manfaatlarning amal qilish sohasi» ekanligi bilan belgilanadigan ma’lum ijtimoiy munosabatlar sohasini ta’riflovchi qandaydir qamrovli tushuncha emas2. Shu bilan birga, «fuqarolik jamiyati» yuridik tushuncha, davlat huquqiga oid tushuncha ham emas. Davlat o‘ziga ma’qul fuqarolik ja-miyati obrazini o‘z qonunlari bilan «ta’sis etish», «belgilash», «o‘rnatish»ga qodir emas.

Fuqarolik jamiyati shaxslarning o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarishining qonuniyatli bosqichi, oliy shaklidir. U mamlakatning iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga, xalqning farovonligi, madaniyati va o‘zini o‘zi anglash hissi ortishiga qarab yetilib boradi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsuli sifatida fuqarolik jamiyati feodal-tabaqaviy tuzumning qattiqqo‘l tartibi buzilgan, huquqiy davlat shakllana boshlagan davrda paydo bo‘la boshlaydi.

Shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan huquqiy davlat fuqarolik jamiyating siyosiy negizi, shakli bo‘lib xizmat qiladi. Bunday sharoitlarda shaxsning xulq-atvori uning shaxsiy manfaatlari bilan belgilanadi va u o‘zining barcha harakatlari uchun javobgar bo‘ladi. Bunday shaxs o‘z erkinligini hamma narsadan ustun qo‘yadi va shu bilan birga, boshqa odamlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qiladi.

Fuqarolik jamiyati faoliyatining bosh maqsadini aniqlashga ham ana shu nuqtai nazardan yondashish kerak. Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, shaxsning munosib hayot kechirishi va erki rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining bosh maqsadidir. Davlat bu holda ijtimoiy farovonlik davlati xususiyatiga ega bo‘ladi.


Download 52.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling