Dasturning birinchi bandida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun xujjatlarini inventarizatsiyadan o’tkazish va tegishli qonun xujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan, ularning huquq va majburiyatlari, vakolatlarini kengaytirish, ushbu yo’nalishdagi tuzilmalarning vazifa va javobgarligini aniq belgilashga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalarni kiritish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa vaqtda ishlab chiqilishi belgilab qo’yildi Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari manfaatlarini ko’zlab da’vo arizalari, davlat ho’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari hatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni davlat boji to’lamasdan taqdim etish bo’yicha O’zbekiston Resrublikasining Soliq kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun xujjatlarini ishlab chiqish bilan imtiyozli huquq ta’minlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |