Mahallam-mening faxrim


Download 1.59 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1126080
Bog'liq
MAHALLAM-MENING FAXRIM


MAHALLAM-MENING FAXRIM
Mahalla… Shu birgina so`z zamirida butun olam ezguliklari, urf –odat va an`analari, qaynoq tafti mujassam. Mahallam mening uchun mehri beminnat onam misoli. Onam har tong boshim silab uyg`otib, yaxshiliklarga undasa, mahallam ulug`-ulug` maqsadlar sari qo`limdan tutib hamdam bo`ladi. Onaizorim oq yuvib oq taragan bo`lsa, mahallam mana shu oqlikni yuragimga ko`chirgan Ka`bam desam xato bo`lmaydi. Boisi, kindik qonim to`kilgan bu zaminim oq niyatlarni ko`nglimga tugishni o`rgatgan. Birovning haqqi hech qachon birovniki bo`lmasligini, xalqimizdagi sabr-u qanoat tushunchalarining qanchalik qon-qonimizga singib ketganligini ko`nglimga qadagan.
Mahalla – ulug` qadriyatlarimiz beshigi
Biz, yurt farzandlarining bunday marralarga erishishi uchun oilamizda, mahallamizda berilayotgan e’tiborning samarasi deb bilaman. Oilalamizda keksa bobolarimiz har bahor yoshgina nevaralarini yetaklab ko`chak ekish uchun bog`ga yo`l oladilar. Bu oddiy odat zamirida qanchadan qancha ma’no bor. Yosh go`dak jajji qo`llari bilan niholni ushlab, bobosining qilayotgan harakatlarini kuzatib turadi. Bu orqali uning qalbiga ko`chak bilan birgalikda ezgulik urug`i qadaladi.
Mustaqillik yilarida esa mahallaning bu azaliy qadriyatlari, xususiyatlari qatoriga ko`pgina yangi vazifalar, majburiyatlar kelib qo`shildi. Mahallaning jamiyatdagi o`rni, mavqeyi, vakolatlari kengaytirib berildi. Har bir mahalla o`z oqsoqoliga (raisi), maslahatchi va posbonlariga ega bo`ldi.
Xulosa
Azaldan Vatanni ulug`lab, uning uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz bizga yurtni sevishni, uni ardoqlashni o`rgatib kelishgan. Shuning uchun ham Vatan ona so`zi bilan doim birga qo`llanadi. Vatanim – onam... Shu Vatan ichra vatanim deya ulg`laganim esa mening mahallamdir. Vatanim mening uchun barcha ezgu ishlarga undovchi ostonam bo`lsa, mahallam qo`llaguvchi hamdamimdir. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o`rni va maqomi belgilab qo`yilgan”. Bu maqom hali-haligacha o`z o`rnini saqlab, kundan kunga yuksalib boryapti.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling