Mahalliy beton va qotishmalar Kirish
Download 22.78 Kb.
|
Mahalliy beton va qotishmalar
2.Beton qorishmasi tarkibi
Sement. Beton tayyorlashda portland sement va uning turlari, shlakli, pussolanli, giltuproqli va boshqa sement turlari ishlatiladi Mayda toMdirgich. Barcha tabiiy va sun’iy tosh materiallarning 0,15-5 mm. fraksiyasi mayda to‘ldirgich- qum sifatida ishlatiladi. Oddiy og‘ir beton tayyorlashda tog‘ jinslarining tabiiy yemirilishidan hosil boMgan yoki qattiq tog‘ jinslarini maxsus mashinalar yordamida maydalab saralangan qumlar ishlatiladi. Qum donachalari mineral tarkibi, asosan, kvars, dala shpati, kalsit, sluda kabi vulkanik tog‘ jinslaridan iborat, ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslari kamroq boMadi. Beton tayyorlashda daiyo, dengiz qumlari yoki tog‘ qumlari ishlatiladi. Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval shaklda boMib, loy bilan ifloslangan boMishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari serqirra shaklda boMib, tarkibida changsimon aralashmalar boMadi. Qum zich tog‘ jinslar shlaklar maydalab olinganida, serqirra va yuzasi g‘adir-budur donachalar hosil boMadi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil boMgan qumlarga nisbatan toza boMadi. Yuqori sifatli beton tayyorlash uchun qumlami yuvib va quritib ishlatiladi. Betonning sifati mayda toMdirgichning mineral va donador tarkibiga, gil tarkibida loyli aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga bogMiq. Qum 0,15-5 mm. fraksiya oraligMda turli oMchamdagi donalardan iborat boMishi zarur. Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam boMib, undan tayyorlangan beton esa zich strukturaga ega boMadi. Qum donador tarkibiga nisbatan yirik, o ‘rtacha va mayda qumlarga boMinadi. Qum tarkibidagi changsimon va loysimon aralashmalar beton qorishmasining suvga talabini oshiradi va sementning aktivligini pasaytiradi. Shuning uchun qum tarkibida 0,14 mm. teshikli elakdan o‘tgan 76 zarrachalar miqdori 10 foizdan, changsimon va loysimon zarrachalar esa 3 foizdan oshmasligi kerak. Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon aralashmalardan tozalanadi. Tabiiy qum tarkibida organik aralashmalar sement toshini yemirib, beton mustahkamligini pasaytiradi. Yirik to‘ldl*fgich. Oddiy og‘ir beton tayyorlashda yirik to‘ldirgich sifatida shag‘al va chaqiqtoshlar ishlatiladi. Yirik to‘ldirgich 5-70 mm fraksiyada bo‘ladi. Massiv monolit inshootlar qurilishida beton qorishmasiga 150 mm. yiriklikkacha to‘ldirgich kiritiladi. Shag‘al tarkibi tosh va qisman qumdan iborat boMib, chang, tuproq, sluda va organik chirindilar aralashgan bo‘ladi. Shag‘al donalari oval, yapaloq shaklda boMib, yuzasi tekis bo‘ladi. Tog‘ shag‘alining yuzasi g‘adir-budur bo‘ladi. Daryo, dengiz shag‘ali tog‘ shag‘aliga nisbatan tozaroq boMadi. Chaqiqtosh vulkanik - metamorfik va suv muhitiga chidamli zich cho‘-kindi tog‘ jinslarni maydalab tayyorlanadi. Chaqiqtosh serqirra va yuzasi g‘adir-budur boMishi sement toshi bilan yaxshi tishlashishini ta’minlaydi. Shuning uchun yuqori markadagi betonlar tayyorlashda chaqiqtosh ishlati-ladi. Chaqiqtosh tarkibida tuproq, chang va organik aralashmalar kam bo‘ladi. Download 22.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling