Mahalliy beton va qotishmalar Kirish
Download 22.78 Kb.
|
Mahalliy beton va qotishmalar
Qotishmalar
Ikki va undan ortiq metallardan tashkil topgan sistemalar qotishmalari deyiladi. Qotishmalarning xossalari, tarkibi turlicha boʻlib oʻzini tashkil etgan metallardan farq qiladi. Qotishmalarni oʻrganishda Kurnakov I.S katta xissa qoʻshgan. Tajribalar orqali kislota va ishqorlarga bardoshli, issiqbardosh, oʻta qattiq va boshqa qorishmalarni olish imkoni bor. Qotishmalar suyuqlantirilgan metallarga boshqa metallarni yoki metalmaslarni erishidan hosil boʻlgan eritmalardir. Ular kristall tuzlarga ega. Qotishmalar: yumshoq, qattiq, qiyin va oson suyuqlanadigan, kislota va ishqorlarga bardoshli, chidamlilarga boʻlinadi. Qotishmalar tarkibiga koʻra: gemogen, geterogen, intermetal qotishmalarga boʻlinadi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi bilan sanoatda va maishiy turmushda keng qoʻllaniladi. Qotishmalarni tarkibiga koʻra quyidagilarga ajratish mumkin: Poʻlat. Таrkibi 1,7% gаchа С vа qoʻshimchalardan Mn, Si, S, P bor boʻlgan qotishma hisoblanadi. Ular sof temirga qaraganda ancha qattiq hisoblanadi. Таrkibidagi moddalarga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: marganesli poʻlat; Fe 83%, Mn 12%, C1% – sisternalar tayyorlashda va maydalashda; xrom poʻlati -Fe83,7%, Cr 12%, C 0,3% – zanglamaydigan poʻlat sifatida; volframli poʻlat Fe 70-85%, W 12-23%, Cr 2-6%, C 0,5-0,6% – tez kesar asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Choʻyan. С 2% dаn yuqori, Si, P, S, Mn bilan hosil qilgan qorishmalar kiradi. Bu qotishma temirga nisbatan ancha qattiq lekin moʻrt. Undan turli uskunalar, stanok va dvigatellarning kompuslari, kanalizatsiyalari va vodoprovod trubinalari, qozonlar, tovalar, plitalar tayyorlashda ishlatiladi. =
Xulоsа Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida betonlar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, tannarxi arzon, mustahkam, umrboqiy, mahalliy xomashyo zaminida ishlab chiqarilgan ekologik buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarini belgilash kiradi. 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning 50 foizi yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolaming energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda pamik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha 0 ‘zR «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, BMT ning rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor dasturlami bajarmoqda. Ushbu muammoning asosiy yechimi issiqlik izolyatsiyasi materiallarini takomillashtirish, issiqlik-fizik xossalarini keskin yaxshilash, yangi turlarini ishlab chiqarishdir. Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi. Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilaming talabalik davridan e ’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi. Qurilish materiallari va buyumlariga qo‘yiladigan talablar davlat standartlarida (Dst), texnik shartlarda (Tsh), va boshqa me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan. Standartlarda qurilish materiali haqidagi asosiy ma’lumotlar keltiriladi. Qurilish me’yor va qoidalari (QMQ) quruvchilar uchun rasmiy hujjat hisoblanadi, unda unda asosiy qurilish materiallarining turlari va o‘lchamlari, sifatiga qo‘yiladigan talablar, qurilayotgan bino yoki inshootdan foydalanish sharoitlariga qarab materiallar tanlash va ishlatish bo‘yicha ko‘satmalar beriladi Аdаbiyotlаr Construkti^n materiakstheur nature and behavior 4 th tdition. Peter Domone and John Illston. 2010 Eco-efficient Constraction and Building Materials Fernando Pasheco Torgal Said Jalali. Springer-Verlag London Limited 2011. A.E.Odilxojaev, F.F. Karimova, U.J.Turgunbaev. Qurilish materiallari. Darslik. Toshkent. Adabiyot uchqunlari. 2018 A.E.Odilxojaev. Qurilish materiallari. 0 ‘quvqo‘llanma. Toshkent: ToshTYM 1.2016. 5. N.A.Samigov. Qurilish materiallari va buyumlari. Darslik. Toshkent: Mehnat. 2013. Download 22.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling