Mahalliy beton va qotishmalar Kirish
Download 22.78 Kb.
|
Mahalliy beton va qotishmalar
1.Beton qorishmasi
Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlashqoliplash, zichlashtirish kabi jarayonlar oson bo‘ladi. Beton vaqt o‘tishi bilan qotishi natijasida o‘ta qattiq tosh materialga aylanadi va uni qayta ishlash qiyinlashadi. Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 15-20 foiz hajmni, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa 80-85 foiz hajmni egallaydi. Yirik to‘ldiruvchi hosil qilgan majmuani karkas, mikrokompozitni esa matritsa deb qarash mumkin. Mineral bog‘lovclilar va to‘ldirgichlaming turini o ‘zgartirib, mustahkamligi, deformativligi, turli sharoitlarga moslashgan, o ‘taog‘ir, yengil, o‘tayengil, olovbardosh, radiatsiyani o ‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish mumkin. Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0,01-1,2 foiz polimer qo‘shimchalar hamda 15-40 foiz yuzasi aktivlashtirilgan dispers materiallar, masalan, kvarsli minerallar kiritib xossalarini yaxshilash va sementni tejash mumkin. Beton bog‘lovchining turiga nisbatan tasnifi: sementli, silikatli, gipsli, aralash bog‘lovchili va shu kabi. To‘ldiruvchining turiga nisbatan: zich, g‘ovak, maxsus to‘ldirgichli. Maxsus to‘ldirgichlarga olovga bardoshli, kimyoviy chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi va shu kabilar kiradi. Oddiy og‘ir beton uchun to‘ldirgichlar sifatida mahalliy tabiiy toshlar - shag‘al, chaqiqtosh, qumlar, shlaklar ishlatiladi. 74 0 ‘rtacha zichligiga nisbatan beton tasnifi: o‘ta og‘ir beton - o‘rtacha zichligi 2500 kg/ m3ortiq. 0 ‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, cho‘yan qirindisi va boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Og‘ir betoji - o ‘rtacha zichligi 2200-2500 kg/ m 3 bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari asos^H&gi qum, shag‘al, chaqiqtosh ishlatiladi. Og‘ir beton bino va inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengillashtirilgan beton uning o‘rtacha zichligi 1800-2200 kg/ m3bo‘lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengil betonning o‘rtacha zichligi 500-1800 kg/m3 bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) g‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pcmza va shu kabi); b) yacheykali betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); d) qumsiz tayyorlanadigan zich va g‘ovak to‘ldiruvchili betonlar. 0 ‘ta yengil betonning o‘rtacha zichligi 500 kg/m3 dan kam bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida yoki yacheyk li hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Umuman betonlaming o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/ m3gacha bo‘lib, ulaming g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda o‘zgaradi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra betonlar konstraksion (ustunlar, to‘sinlar, plitalar va shu kabi), gidrotexnik (to‘g ‘onlar, kanallar va shu kabi), devorbop va yengil yopmalar uchun mo‘ljallangan beton, yo‘lbop va aerodrom qoplamalari uchun beton, kimyoviy va biologik muhitlarga chidamli, olovga bardoshli va shu kabi Beton bino va inshootlar qurilishida asosiv konstruksion material boMib, monolit yoki yig‘ma temirbeton holda ishlatiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasining murakkab emasligi betonni bevosita kichik sexlarda, qurilish maydonlarida tayyorlash, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi, u asosidagi buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori texnologiyalar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi. Download 22.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling