Mahalliy budjetlarning moliyaviy stratеgiyalari shakllanishi va ularning guruhlanishi


Download 33.96 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi33.96 Kb.
#184824
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAHALLIY BUDJETLARNING MOLIYAVIY STRATЕGIYALARI SHAKLLANISHI VA

Ключевые слова: местный бюджет, финансовые стратегии, доходы, устойчивость расходов, устойчивость бюджета, доходы бюджета, финансовый дефицит, коэффициент финансовой зависимости, сходство расходов.

Kirish.

"2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida"da tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy budjetlarning daromad manbaini kengaytirish vazifasi qo‘yilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlarini sanab o‘tdi. Yig‘ilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qo‘llash orqali joriy yil iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlar borligini ta’kidlab, shu boradagi 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi. Bu yo‘nalishlarning birinchisi, - iqtisodiyot va budjet barqarorligini ta’minlash ekanligi ta’kidlanib, barcha sohalarga budjet tushumi va xarajatlarini optimallashtirish topshirildi. Korxonalar faoliyatini qayta tiklash va soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash hisobiga qo‘shimcha daromadlarni ta’minlash, tashqi qarz bitimlarini tuzishda belgilangan cheklovdan oshmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi[1].

Mahalliy budjet moliyaviy strategiyalarini aniqlashtirish va unga nisbatan yondashuvlarni asoslangan holda amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy strategiya mamlakat miqyosida bir xil xususiyatga ega bo‘lmasligi mumkin, lekin hududiy nuqtai nazardan o‘zaro farqlanishi mavjud bo‘ladi.

Mahalliy budjetlarning ijrosini ta’minlash va ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash moliyaviy strategiyaning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini mustahkamlash ikki jihatdan qaralishi mumkin. Birinchidan, daromadlar bazasining yaxshi shakllanganligi, ikkinchidan xarajatlarning barqarorligiga erishilishi bilan ifodalanadi.

Bizningcha, mahalliy budjetlarning moliyaviy strategiyasi samarali ishlashi ko‘p jihatdan hududning moliyaviy potensialiga bog‘liq hisoblanadi. Bu esa hozirda mavjud bo‘lgan vertikal moliyaviy vakolatlarni gorizontal xususiyatga o‘tkazishni taqozo etadi. Ushbu holatning joriy etilmasligi moliyaviy mustaqillikni istiqbolini mavhumlashtiradi.

Umuman olganda, mahalliy budjetlarning moliyaviy strategiyasini shakllantirishning muhim omili bo‘lib - moliyaviy mustaqillik hisoblanadi.

Shu boisdan, mahalliy budjetlarning xarajatlarini amalga oshirishdagi barqarorligi moliyaviy staregiyani mustaqil shakllantirishdagi vakolatlarning mavjudligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston sharoitida mahalliy budjetlarning moliyaviy strategiyasi markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Bunda xarajatlar yagona huquqiy hujjat bilan belgilanadi va daromadlar markazga to‘planib, qayta taqsimlash orqali hududlarga beriladi.




Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling