Xulosa va takliflar
Biz tomonimizdan taklif etilgan xarajatlar monandligi – bu mazkur xarajat turini amalga oshirishga bo‘lgan ustuvorlikning qanchalik katta yoki kichikligini anglatadi. Mazkur kategoriyani mahalliy budjetlar ijrosini boshqarishda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Biz tomonimizdan keltirilgan monandlik ko‘rsatkichlari hududiy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanish uchun xizmat qilishi mumkin. Buning uchun jami mahalliy budjet xarajatlari tarkibida har bir xarajat yo‘nalishining ulushi aniqlanadi. Natijada, mahalliy budjet bo‘yicha konsolidatsiyalashgan budjetni tuzish parametrlarini tahlil etishga imkoniyat vujudga keladi.
Masalan, ijtimoiy soha xarajatlari monandligi (ХМи) ko‘rsatkichini quyidagicha hisoblash mumkin (3-formulaga qarang):
Хи– ijtimoiy soha xarajatlari (ijtimoiy himoya bilan birga);
ЖХмб – mahalliy budjetning jami xarajatlari.
Aytalik, hudud bo‘yicha yoshlarning ulushi ko‘p bo‘lsa ta’lim xarajatlarining oshishi yoki kam ta’minlanganlar soni ko‘paysa ushbu monandlikka ta’sir etishini inobatga olishga imkon beradi.
Yuqorida olib borilgan tadqiqotlarimiz asosida aytish mumkinki, mahalliy budjetlarning moliyaviy strategiyalarini ishlab chiqishda daromadlar yoki xarajatlar bo‘yicha bir tomonlama yondashuv o‘zining natijasini bermaydi, degan xulosaga keldik. Shu boisdan, mahalliy budjetlarning moliyaviy strategiyalarini ishlab chiqishda daromad va xarajatlarni bir paytda e’tiborga olish muhim hisoblanadi, deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |