Mahalliy budjetlarning moliyaviy stratеgiyalari shakllanishi va ularning guruhlanishi


Download 33.96 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi33.96 Kb.
#184824
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAHALLIY BUDJETLARNING MOLIYAVIY STRATЕGIYALARI SHAKLLANISHI VA

Tadqiqot metodologiyasi

Tahlil jarayonida ma’lumotlarni statistik guruhlash, qiyosiy va trendli tahlil usullaridan foydalanildi. Maqolada iqtisodchi olimlarning davlat moliya tizimining dolzarb masalalaridan biri sifatida mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-nazariy qarashlari qiyosiy tahlil qilingan.



Tahlil va natijalar

Olib borilgan tadqiqotlarimiz asosida mahalliy budjetlar xarajatlarini taqsimlashda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi, deb o‘ylaymiz:

- budjet xarajatlarini ustuvorliklarini belgilashda klasterli tahlil yoxud iyerarxik tarzda amalga oshirish amaliyotini joriy etish;

- budjetlar xarajatlari yo‘nalishlarini shakllantirishda ochiqlik koeffitsiyentini ishlab chiqish va fuqarolar ishtirokini ta’minlashni jadallashtirish;

- budjet xarajatlari natijadorligini belgilash va ularning hudud xususiyatlarini inobatga olgan holda tizimlashtirish;

- budjet xarajatlarini shakllantirishda budjet potensialini hisobga olish tizimini joriy etish. Bunda xarajatlarga o‘zgartirish kiritish vakolatini hududlarga berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘zbekiston sharoitida mahalliy budjetlarning moliyaviy startegiyalarini shakllantirishdagi asosiy muammolardan biri - bu budjet siyosatini markazdan boshqarilish amaliyoti mavjudligi bilan izohlanadi. Albatta ushbu tajribaning amal qilishi makroiqtisodiy barqarorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Fikrimizcha, O‘zbekistonning bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarida hududiy moliyaviy mustaqillikni ta’minlanishi iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Bu esa, hududiy moliyaviy vakolatlarni qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.

Bizningcha, moliyaviy vakolatlarni gorizontallashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihat - bu quyi va yuqori chegaralarni belgilanishi bilan ifodalanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda hududiy tuzilmalar tomonidan moliyaviy qarorlarni qabul qilishda hududiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisbatan koridorni belgilash muhim. Aytaylik, budjet xarajatlarini amalga oshirishda yalpi hududiy mahsulotga nisbatan ma’lum foizlarni belgilash. Masalan, ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishini moliyalashtirishda budjet xarajatlarining ulushini foizlarda belgilanishi tushuniladi. Shuningdek, hududning iqtisodiy ixtisoslashuvini inobatga olgan holda mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga ko‘proq moliyaviy mablag‘larni berish va uni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash amaliyotiga ustuvorlik berilishi ham ayni dolzarb vazifa bo‘ladi.

Tadqiqotlarimiz davomida N.Korotina tomonidan mahalliy budjetlar moliyaviy holatiga nisbatan keltirilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan mualliflik yondashuvlarini bayon qilishga harakat qilamiz. Mahalliy budjetlarning balanslashtirilgan ko‘rsatkichlari - bu mamlakatimiz sharoitida markazlashga holda ta’minlanib boradi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida mahalliy budjetlarda taqchillik bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deb belgilab qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan, ushbu ko‘rsatkichni amalda bo‘lishi uchun O‘zbekistonda quyidagilarga navbati bilan joriy etish lozim bo‘ladi:

- mahalliy budjetlarda taqchillik bo‘lishiga yo‘l qo‘yilishiga ruxsat berish;

- mahalliy hokimiyat organlariga tashqi manbalardan mablag‘lar jalb etishga vakolati berish;

- mahalliy hududlarda munitsipal obligatsiyalarni muomalada bo‘lishini ta’minlovchi huquqiy asoslarni yaratish.

Keyingi ko‘rsatkich moliyaviy mustaqillik darajasi bo‘lib, unda quyidagi jihatlar o‘z aksini topishi lozim, deb o‘ylaymiz:

- mahalliy hokimiyat organlarida moliyaviy qarorlar qabul qilishdagi vakolatlarning mavjudligi va ular sonining hududga tegishli jami moliyaviy qarorlar soniga nisbati (ulushi);

- hududda jami mahalliy budjet xarajatlarida markaziy budjetdan ajratilgan mablag‘larning ulushi kamligi.

Shu bilan birga, mahalliy budjet siyosatini amalga oshirishda mablag‘lari hisobidan nechta yo‘nalish moliyalashtirilayotganligi bilan izohlash mumkin. Ma’lumki, O‘zbekistonda "Obod mahalla", "Obod qishloq" kabi davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi loyihalarni moliyalashtirilishi yoki boshqa yirik dasturlar markazlashgan investitsiyalar hisobidan respublika (markaziy) budjet xarajatlari tarkibidan o‘rin olgan. Bu esa, mahalliy budjetlarda faqatgina "Fuqarolar uchun budjet" tajribasi orqali mahalliy hokimiyatning budjetdan tashqari mablag‘larining 10 foizi hajmida fuqarolar so‘rovi asosida tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda. Bu to‘g‘risida, tadqiqotimizning keyingi qismlarida batafsilroq to‘xtalishga xarakat qilamiz.

Mahalliy tuzilmaning budjeti barqarorligi ushbu hududning soliq salohiyati orqali jami mahalliy budjet xarajatlarini moliyalashtira olish bilan izohlanadi. Aks holda beshinchi ko‘rsatkich munitsipal tuzilmaning qarzdorlik ko‘rsatkichi yuzaga kelishi mumikn. Mazkur kategoriyaning yuzaga kelishida quyidagi omillar mavjud bo‘lishi lozim, deb o‘ylaymiz:

Birinchidan, mahalliy tuzilmalarga mustaqil tarzda tashqi manbalardan mablag‘lar jalb etish. Ikkinchidan, hududiy moliya bozorlarining mavjud bo‘lishi va aholi daromadlarining jamg‘arish kategoriyasi talablariga javob berish. Uchinchidan, jalb etilgan mablag‘larni qaytarish uchun barqaror moliyaviy asoslarga ega bo‘lish.

Bizningcha, yuqorida tahlil etib o‘tganimiz mahalliy budjetlarning moliyaviy holati darajasi ko‘rsatkichlari moliyaviy strategiyani shaklantirishda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston amaliyotida mahalliy budjetlar strategiyasini shakllantirishda yuqorida keltirib o‘tganlarimizning ayrimlariga kechiktirmasdan e’tibor berishimiz lozim, deb hisoblaymiz.

Fikrimizcha, O‘zbekistonda mahalliy budjetlarning moliyaviy strategiyalarini amalga oshirishda quyidagi koeffitsiyentlarga e’tibor qaratish lozim:

- biriktirilgan daromadlar (Дб);

- tartibga soluvchi daromadlari (Дтс);

- soliqsiz daromadlari (Дс);

- yuqori budjetdan transfertlar (Дт).

- ijtimoiy soha xarajatlari (Хи);

- davlat dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar (Хд);

- kapital qo‘yilma xarajatlari (Хк);

- boshqaruv organlari xarajatlari (Хб).

Keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar hozirgi kunda O‘zbekiston sharoitida mahalliy budjetlar ijrosida amalga oshiriladigan kategoriyalar hisoblanadi. Shu boisdan, moliyaviy strategiyani ikki qismdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Birinchidan daromadlar bo‘yicha, ikkinchidan xarajatlar bo‘yicha bo‘lishi lozim.

Ta’kidlab o‘tganimizdek moliyaviy mustaqillik (Mm) koeffitsiyenti moliyaviy strategiya ishlab chiqishdagi birlamchi omil bo‘lib hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkichni baholashda dastlab quyidagi ko‘rinishdagi hisoblashni amalga oshirish lozim (1- formulaga qarang).



Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, mahalliy budjet larda taqchillikka yo‘l qo‘yilmasligi nuqtai nazaridan ushbu raqam 1,0ga teng chiqishi ta’minlanadi. Lekin, biz ushbu formulada davlat dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar (Xd) ni ham qo‘shib o‘tdik. Ushbu xarajatlar yo‘nalishi 2019-2020 yillarda jadal amalga oshirilgan "Obod mahalla", "Obod qishloq" kabi loyihalar, ichimlik suvi bilan ta’minlash yoki shu kabi boshqa markazdan moliyalashtiriladigan tadbirlarni ham inobatga olishni taklif etmoqdamiz.

Umuman olganda, mamlakatimiz sharoitida moliyaviy mustakillik baholashda yuqori budjetdan transfertlarni hisobga olmagan holda hisoblanishi aniqlikni yanada oshiradi (2-formulaga qarang).



2-formulada O‘zbekiston mahalliy budjetlarida moliyaviy qoplash koeffitsiyentini aniqlash mumkin. Ushbu raqam 1,0ga yaqinlashgani sari qoplash koeffitsiyenti yuqori ekanligini yoki 1,0 dan katta bo‘lsa dono hudud bo‘lishi mumkinligini qayd etish mumkin. Mazkur formulada respublika budjetidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlari xarajatlari ham inobatga olinmagan.

Bizningcha, respublika budjeti xarajatlari - davlat zimmasiga yuklangan vazifalarni umumdavlat miqyosida bajarilishi jixatidan tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni moliyalashtirish tushunilishi kerak. Mahalliy budjet xarajatlari - hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun davlatning ayrim vazifalarini amalga oshiruvchi tadbirlarni moliyalashtirish nazarda tutiladi.

Masalan mudofaa xarajatlarini amalga oshirishda hududlardagi harbiy qismlarni moliyalashtirish tushuniladi. Bunda, ular o‘zlari joylashgan hudud uchun emas, balki mamlakatning tinchiligini ta’minlashga qaratilgan umummiqyosdagi tadbirni amalga oshiradi. Sababi, hududlarning tinchligini alohida amalga oshirishni imkoni mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, maktab ta’limini moliyalashtirish shu hududda istiqomat qiluvchi aholining farzandlariga ta’lim berishni o‘zida aks ettiradi. Shu sababli, maktab faoliyatining natijalari qisqa muddatli davrda ushbu hudud uchun tegishli bo‘ladi. Biz istiqbolda ta’limning natijasi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lishini inobatga olish zarur, deb hisoblaymiz.

Fikrimizcha, budjet xarajatlarini respublika va mahalliy budjet nuqtai nazaridan ajratilishini taklif etilishi hududlarning moliyaviy strategiyalarini ishlab chiqishda muhim, deb hisoblaymiz. Bu esa, xarajatlarni amalga oshirish vakolatlarini belgilashda aniqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 71-moddasida mahalliy budjetlarning xarajatlari yo‘nalishlari keltirilgan. Mazkur xarajatlarni amalga oshirishda mahalliy budjet daromadlari va ularga ijtimoiy transfertlar asosida moliyalashtiriladi. Tadqiqotlarimiz asosida xarajatlarga nisbatan quyidagi baholashlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Hududiy budjet xarajatlarining ijtimoiy soha (jumladan, aholini ijtimoiy himoya qilish), iqtisodiyot, markazlashgan investitsiya, mahalliy boshqaruv organlarini saqlab turish (zaxira jamg‘armalari) va zararlarni qoplash xarajatlari monandliligi ko‘rsatkichlarini kiritish lozim.




Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling