Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘quv kursi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi va vazifasi


Download 48.86 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi48.86 Kb.
#205762
Bog'liq
MDHO slayd

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘quv kursi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi va vazifasi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’quv kursi “Konstitutsiyaviy

huquq” fanining tarkibiy qismi bo’lib, huquqiy fanlar tizimiga kiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati konstitutsiyaviy huquqiy institut bo’lib

hisoblanadi. Sababi Konstitutsiyamizda “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” bobi mavjud bo„lib, unda umumiy normalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning maqomi, vazifasi, tashkil etish tartibi asoslarini

belgilab qo’ygan.

O’zbеkistоnda mahalliy miqyosda davlat hokimiyat organlarini tashkil

qilinishi, davlat hokimiyatini tashkil qilishdagi o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda mahalliy miqyosda mahalliy boshqaruv organlari tashkil qilinib, ularda davlat hokimiyati atamasi ishlatilmaydi.

Uning asosiy vazifalari:

Uning asosiy vazifalari:

  • talabalarga va shu masala bilan shug’ullanuvchilarga mahalliy hokimiyat to’g’risida, uni amalga oshiruvchi organlarga oid chuqur bilim berish;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga
  • yordam beruvchi takliflar, tavsiyalar, mulohazalar vujudga kelishiga zamin tayyorlash

    • mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirishga hissa qo’shish;

  • davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ahamiyati va uning yo’llari
  • haqida ilmiy fikrlarni shakllantirish hisoblanadi.

O’quv kursi quyidagi tizimga ega:

O’quv kursi quyidagi tizimga ega:

mahalliy davlat hokimiyati organlari o„quv kursi tushunchasi;

Bunda o’quv kursi haqida ma’lumot, uning predmeti, maqsadi, kurs tizimi, manbalari va o’quv kursini boshqa fanlar bilan aloqasi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari tushunchasi, vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlari tizimi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarini tashkil etish tartibi va prinsiplari. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanmish vakillik

hokimiyati organlari – xalq deputatlari kengashlari va hokimlar alohida tartibda tashkil qilinadi, ularni tashkil qilish tartibi, ijro prinsiplari,

  • vakillik hokimiyati organlarini tarqatib yuborish tartibi, ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati organlarining nazorati;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida maxsus

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida maxsus

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonun mavjud. Undan tashqari

mahalliy davlat hokimiyati organlarini tashkil qilish, faoliyati, vakolatlari,

kabi masalalar boshqa qonunlarda ham, jumladan, “Referendum yakunlari

hamda davlat hokimiyatini tashkil etilishining asosiy prinsiplari” va

“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda

mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini

kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonunlarda, “Xalq

deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlar to’g’risida,

“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi va boshqa qonunlar bilan belgilangan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’quv kursi yuridik fanlar bilan

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’quv kursi yuridik fanlar bilan

yaqin aloqada rivojlanadi. U o’zini nazariy asoslarini, qoidalarini “Davlat

va huquq nazariyasi” fanidan oladi. “Davlat va huquq nazariyasi” fanini

qoida, tushunchalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga ham taalluqlidir.O’quv kursi O’zbеkistоn Respublikasining Konstitutsiyaviy huquq fani bilan chambarchas bog’liq. Mahalliy davlat hokimiyati aslida konstitutsiyaviy huquqiy instituti hisoblanadi.

Xalq hokimiyati, davlat hokimiyati timsolida namoyon bo’lganligi

Xalq hokimiyati, davlat hokimiyati timsolida namoyon bo’lganligi

uchun ham, u shunday mavqega ega. Davlat hokimiyati yagona bo’lib, u

bo’linmaydi. Ko’p ishlatiladigan “Hokimiyat bo’linishi prinsipini” to’gri

emas. Bo’linish hokimiyatga nisbatan emas, hokimiyat tizimiga nisbatan

ishlatiladi va bu to’g’ridir. Davlat hokimiyati yagona, lekin uni turli organlar amalga oshiradi, davlat

hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar yig’indisi davlat hokimiyati tizimini tashkil etib, bo’linish ana shu tizimga

taalluqlidir. Shuning uchun ham O’zbеkistоn Respublikasi Konstitutsiyasi,

davlat hokimiyatini emas, hokimiyat tizimini qonun chiqaruvchi, ijro

etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishini mustahkamlagan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari belgilangan bo’lib, ular quyidagilar:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari belgilangan bo’lib, ular quyidagilar:

•qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

•hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

•mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash;

•byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;

•atrof-muhitni muhofaza qilish;

•fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

•normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbеkistоn Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni oshirish


Download 48.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling