Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Barchamizga ayonki bizning respub-likamizda asosiy devorbop qurilish materiali sifatida gil tuproq asosidagi keramik g’isht ishlatiladi, keramik g’isht devor barpo qilish uchun mukammal material bo’lishi mumkin ammo masalaning yana bir tomoni borki unga befarq qarab bo’lmaydi. Bu jihat shundan iboratki keramik g’isht uchun asosiy hom-ashyo sanaladigan gil tuproq (soz tuproq) zahiralarining respublikamiz hududid kamayib borayotgani va ushbu tuproqning aksaryat qismi unumdor ekani masalaga jiddiy yondoshish kerak ekanligini taqazo etadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida keramik g’isht ishlab chiqaruvchi 951 ta korxona mavjud bo’lib ular bir yil davomida deyarli 3,1 milliard standard g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega. Va ushbu zavodlardagi ishlab chiqarishning yillik o'sish sur'atlari to'qqiz o'n foiz atrofida o'zgarib turadi. Yuqoridagi raqamlarning nihoyatda katta ekanligi mamlakatimizda ananaviy g’isht o’rniga silikat g’isht ishlab chiqarish va undan keng ko’lamda foydalanish kerakligini anglatadi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Shu o’rinda silikat materiallarning ba’zi bir xususiyatlariga to’xtalib o’tamiz, sun’iy tosh materiallar va buyumlarga sement asosidagi beton hamda qorishma, gips, ohak va magnezial bog‘lovchilar asosidagi kompozitlar kiradi. Sun’iy tosh materiallari olishda to‘ldirgichlar sifatida kvars qumi, shlak, kul, pemza yog‘och qipig‘i va tolasi, qog‘oz sanoati chiqindisi va boshqalar ishlatiladi. Bu materiallarni ishlab chiqarish umumiy texnologiyasi bog‘lovchilar va to‘ldirgichlarni aralashtirib qorishma tayyorlash, qoliplash va qotishini tezlashtirish kabi asosiy jarayonlardan iboratdir. Ohak (silikat) bog‘lovchisi asosida silikat, ohak-shlakli va ohakkulli g‘ishtlar, silikatli hamda ko‘piksilikatli va boshqa zich hamda yacheykali silikat betonlar va temirbetonlar tayyorlanadi. Gips asosida pardevor plitalar, gipsbeton toshlar, qoplama listlar, arxitektura qismlari va h.k. kompozitsion buyumlar olinadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ohak va gips asosida olinadigan ekologik toza kompozitsion buyumlarning ravnaq topishi uchun kvars qumi va boshqa to‘ldirgichlarning serobligi, mineral bog‘lovchi xomashyo zaxirasining beqiyosligi, ishlab chiqarish jarayonining energiya tejamkorligi to‘la avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash imkoniyati asosiy sabab bo‘ladi. Silikat buyumlar ohak yoki u asosidagi aralash bog‘lovchilar, qum, kukun giltuproqli qo‘shimchalar va suv qorishmasini qoliplash va reaktor-avtoklavlarda 0,8– 1,3 MPa bosim ostida va 175–200°C bug‘ yoki bug‘-havo aralashmasi haroratda ishlov berib tayyorlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |