Mahalliy sanoat korxonalari chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish


Download 4.88 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi4.88 Kb.
#1655772
Bog'liq
Mahalliy sanoat korxonalari chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab

Mahalliy sanoat korxonalari chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish

81a-20 guruh talabasi Saymiddinov Oybek

  • O‘zbekiston Respublikasidagi maxalliy xom ashyo va sanoat chiqindilaridan turli qurilish materiallari va ashyolarini ishlab chiqarishda foydalanish bo‘yicha mualliflar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari mazkur o‘quv qo‘llanmada keltirilganligi uning qadrini yanada oshiradi. O‘quv qo‘llanma o‘qituv dasturining asosiy tarkibini qamrab olishga ko‘mak beradi, amaliyot mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlarini o‘tkazish aso sida, maqola va referatlar yozishda, shuningdek, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda xamda magistrlarning ilmiy-tadqiqot amaliyotlarini o‘tkazishda bevosita asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
  • Qurilishda mablag‘ni iqtisod qilish eng dolzarb muammolardan xisoblanib. xalq xo‘jaligi tarmog‘ining yalpi material ishlab chiqarish maxsuloti xajmining uchdan bir qismini iste’mol qiladi. Qurilishdagi bu muammolar texnik, tashkiliy, iqtisodiy omillardan va ilmiy-texnik taraqqiyotining jadallashuvidan kompleks foydalanilgandagina xal qilinishi mumkin. Qurilishda mablag‘ni iqtisod qilishdagi eng muhim yo‘nalish - bu ikkilamchi ishlov beriladigan material manbalaridan keng foydalanish bo‘lib, jumladan ana shu manbalarga fan va texnikaning ma’lum bosqichlarida xalq xo‘jaligida foydalanilayotgan chiqindilar kiradi.
  • Sanoat chiqindi maxsulotlaridan samarali foydalanish — qurilish materiallarini tayyorlashda qo‘llash hom-ashyoga bo‘lgan talabni 40% gacha qondiradi. Qurilish materiallarini tabiiy hom-ashyodan. tayyorlashga nisbatan sanoat chiqindilaridan qurilish materiallariga qilinadigan sarf xarajatning 10-30% ga kamaytirish imkonini beradi, kapital mablag‘ning 35-50% ini iqtisod qilish imkoniyatini yaratadi. MDX mamlakatlarida xam dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar kabi sanoat chiqindilaridan qurilish materiallarini tayyorlashda foydalanish borgan sari keng 4 qo‘lamda rivojlanib bormoqda. Domna qozoni (shlak) chiqindilaridan umumiy foydalanish 90% ga yaqinini tashkil etadi. Xalq xo‘jaligida xar bir million tonna domna qozonining chiqindisini qayta ishlov berilishidan 2,5-3 mln. rub foyda keltiriladi. Ilg‘or metallurgiya korxonalari ag‘darmasdan xaydash ish tartibiga o‘tkazilgan
  • Biroq sanoat chiqindilaridan foydalanishning umumiy darajasi xali yetarli miqdorda emas. Domna shlakiga nisbatan po‘lat eritish chiqindilari anchagina kamdir. Ulardan foydalanish xajmi 65% ni, rangli metallurgiya chiqindilaridan esa yillik xajmidan 1 % ini tashkil qiladi. MDH mamlakatlaridagi energetika sanoati 15% kuli chiqindilardan foydalanish imkoniyatiga ega, bunday metallurgiya chiqindilari qurilish materiallari sanoati uchun zaruriy xom ashyolar turiga kiritiladi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida chiqindi kuldan xom ashyo sifatida foydalanish ancha yuqori, masalan, GFRda 80%, Fransiyada 65%, Buyuk Britaniyada 53% Belgiyada 44%, Polshada 34%ni tashkil qiladi
  • Hozirgi yog‘och ishlab chiqarishdagi, kimyo soxasidagi va boshqa ba’zi bir tarmoqlarda ishlab chiqarishdagi chiqindilardan foydalanish darajasi qoniqarsizdir. Hozirgi davrda qurilish materiallarini ishlab chiqarishning takomillashib borishi, taraqqiy etishi va iqtisodiy samarasining oshib borishi ma’lum darajada xom ashyo mablag‘laridan unumli foydalanish, xar xil tarmoqdagi ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liq foydalanish bilan bog‘liqdir.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 4.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling