Mahalliy sok ishlab chiqarish korhonalari chiqitlaridan pectin moddasini ajratib olish
jadval Gidromodul (1:8), xarorat 80
Download 23.9 Kb.
|
1 2
Bog'liqMAHALLIY SOK ISHLAB CHIQARISH KORHONALARI CHIQITLARIDAN PECTIN MODDASINI AJRATIB OLISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekstrogent muhiti, pH Unum, % Ko, % Ke, %
- Tajriba qismi
- Foydalanilgan adabiyotlar
jadval
Gidromodul (1:8), xarorat 800C, ekstrogent HNO3
Jadval natijalaridan ko’rinib turibdiki, ekstrogentning (kislotaning) kislotaliligi ortib borishi bilan pektin unumi ortib brogan, shu bilan birgalikda efirlanish darajasi ham ortib borgan. Eritma muhiti kamayib borishi bilan pektin tarkibidagi eterifikatsiyalangan karboksil guruhlarning miqori ortib borgan. Adabiyotlarni tahlil qilinishi natijasida qator mualliflar tomonidan olma va lavlagidan pektin moddasi olishdagi tadqiqotlarida ham ekstrogent muhitini kamayib borgan sari pektin unumi ortib borgan [5,6]. Bizning tadqiqotlarda ham ushbu dalillar tasdiqlandi. Pektin unumini ortishi nafaqat ekstrogent muhitiga, balki gidroliz jarayoning davomiyligi, haroratni o’zgarishiga hamda xom ashyoning maydalanish darajasiga ham bog’liqligi keyingi tadqiqotlarimizda o’rganilmoqda. Undan tashqari pektinning efirlanish darasini moddaning eruvchanligiga bog’liqlidi ham o’rganildi. Tadqiqot natijalaridan ushbu ma’lum bo’ldiki, efirlanish darajasini ortib borishi bilan suvda erish xususiyati yahshilanib, va o’z navbatida jele hosil bo’lish hususiyati otib bordi. Tajriba qismi 1. Olma po’chog’idan olib, uni xar–xil chiqindilardan tozalanadi. So’ng uni 150 -300 li suvda 15-30 minut yuviladi (qo’shimchalardan, changlardan va suvda eruvchi ayrim shaker moddalardan tozalash uchun). Tozalangan olma po’chog’i yahshilab quritiladi va stupkada maydalananib, tarozida 100 g. tortib olinadi va stakanga solinadi. 2. Gidroliz uchun katalizator sifatida HNO3 kislotadan foydalaniladi (gidromodul 1:8) va xarorat 800C.da 3 soat temostatda ekstraksiya qilinadi. Aralashmani vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. 3 soat ekstraksiya bo’lgandan so’ng termostatdan ekstrakt olinib, sovutiladi. 3. Sovigan ekstraktni kapron filtr orqali filtirlanadi. Cho’ktiruvchidan kamroq sarflanishi maqsadida ekstrakt quritish shkafida 30-40o C. xaroratda bug’latiladi. 4. Ekstraktni sovutib stakanga 1:5 nisbatda spirtda pektinni cho’ktiriladi. Hosil bo’lgan tolaga o’xshash pektinni filtrlab olib yana suv-spirt sistemasida qaytadan cho’ktiriladi. 5. Filtrlab olingan pektin moddasini spirtda yahshilab yuvilib, quritib, doimiy og’irlikka keltiriladi va dastlabki xom-ashyoga nisbatan pektinni unumi xisoblandi. 100 gr olma po’chog’idan 7-5 grammgacha pektin ajratib olindi. Olingan pektin moddasi na’munalari och qo’ng’ir rangdan to to’q qo’ng’ir ranggacha va suvda eruvchandir. 6. Doimiy og’irlikka keltirilgan pektin moddasini edirlanish darajalari NaOH ning 0,1 n. eritmasida fenoftalein ishtirokida titrlab aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xоликова Д.Х.и др. //Журн. Химия природных соединений. 1994. 698 с. Ҳ.Х. Холматов, O’.А. Аҳмедов. /Фармакогнозия. Тошкент. Ибн Сино номидаги нашриёт матбаа бирлашмаси. 1995.-623 бет. Юлдашев Н.П. и др. Пектиновые вещества жома сахарной свеклы. //ХПС. 1994. 455 с. (RF patenti 2261868). Способ производство пектина и пищевых валокон из сахарной свеклы. В.А.Люсева, А.А.Ефрелов, Л.Н.Путимина, Н.А.Матвиенко. Опубл. 10.10.2005 – Бюл. № 28). Шелухина Н.П. и др./Пектин и параметры его получения. /ИЛИМ. Фрунзе. 1987. с.146. Мухиддинов З.К. и др. Моносахаридный состав и гидродинамические свойства промыщленных пектиновых веществ. //ХПС. 1990. 455 с. Download 23.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling