O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TЕRMIZ DАVLАT UNIVЕRSITЕTI MАGISTRАTURА BO‘LIMI 70530101– KIMYO (FAN YO‘NALISHI BO‘YICHA) MUTАХАSSISLIGI MАGISTRАNTI
“MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA SINTEZ QILINGAN TARKIBIDA OLTINGUGURT VA AZOT BO‘LGAN IONITLARDA Ni(II), Cu(II), Zn(II) SORBSIYASI”
Ilmiy rahbar: k.f.d. prof. Turayev X.X.
MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ISHINING
taqdimОti
XOLTO‘RAYEV QUVONCH BAXTIYOR O‘G‘LI
Termiz-2023 yil.
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi.
Hozirgi vaqtda dunyoda suvni tozalashda qo‘llaniladigan ion almashinuvchi materiallar turlarining ko‘pligi ion almashinish jarayonlari yordamida oqova suvlarni kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar, jumladan, zaharli metall ionlaridan samarali tozalash imkonini beradi. Ko‘p sonli tadqiqotlarga qaramasdan metallarni ajratish va konsentrlashga bag‘ishlangan ion almashinish usullarini takomillashtirish gidrometallurgiya sanoatida suvni tozalashda dolzarb va birinchi darajali vazifa bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham mexanik mustahkam, turli agressiv muhitlarda barqaror, yuqori sorbsion sig‘imga ega bo‘lgan, tanlovchan ionitlarni mahalliy, arzon xomashyolar asosida olish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Bu borada ionitlarning sorbsiya jarayonida tanlovchanligini ta’minlash, metall ionlari sorbsiyasi kinetikasini, sorbsiya jarayonida kompleks birikmalarining hosil bo‘lish mexanizmlarini aniqlash, sorbsion xossalari yuqori bo‘lgan ionitlarni sintez qilish va sanoatda qo‘llash, ularning foydalanish davrini uzaytirish, olingan yangi moddalarni yangi zamonaviy metodlar bilan analiz qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida tarkibida azot va oltingugurt donor atomlarini tutgan, tiokarbamid, formaldegid va ditizon asosida olingan (TFD-1 markali), dimetiloltiokarbamid va melamin asosidagi (DTM-1 markali) ionitlar va olingan ionitlarga Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining sorbsiyasi natijasida hosil bo‘lgan koordinatsion birikmalari olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |