2-jadval
Suvli dispersion bo‘yoqning retsepti
№
|
Pigment pasta komponentlari
|
Tarkibi mas. %
|
1
|
Mis ftalotsianin (ishlov berilmagan CuPc / DAFCuPc)
|
4,0
|
2
|
titan dioksid
|
69,7
|
3
|
natriy alginat (suvdagi 10 % li eritmasi)
|
24,8
|
4
|
natriy geksametafosfat (suvdagi 20 % li eritmasi)
|
0,5
|
5
|
Trietanolamin
|
0,5
|
6
|
Natriy karboksimetil sellyuloza
|
0,5
|
Lateks komponentlari
| |
Tarkibi mas. %
|
1
|
Etilakrilat
|
50,0
|
2
|
Metilakrilat
|
50,0
|
Komponent yetkazib beruvchilar: natriy alginat (99%), natriy geksametafosfat (99%) va trietanolamin (t) –“RusXim”; TiO2 (Sumsk sanoat namunasi, Ukraina) –“Olivesta”; etilakrilat (99%), metilakrilat (99%) – Sigma-Aldrich.
Natriy alginat va natriy geksametafosfat eritmasi trietanolamin, pigment va to‘ldiruvchi hona haroratida biser tegirmonida 2 soat davomida (dsh = 3 mm, 150-200 min-1) gomogen xolatga kelgunicha aralashtirildi va pigment pasta olindi. Olingan pigment pasta kuchli aralashtirish va boshqa usullar yordamida lateksga kiritildi (pigment pastasining lateksga nisbati 1-5 og‘irlikda bo‘ladi).
Kontrol CuPc va sintez qilingan DAFCuPc pigmentlar bilan metilakrilat lateks etil emulsiyalari asosida ishlab chiqarilgan suvli dispersion bo‘yoqlari, yog‘och yuzasiga qoplanganda taxminan bir xil natijani ko‘rsatdi, (3-rasm). Biroq, sintez qilingan DAFCuPc pigmenti asosida tayyorlangan bo‘yoqda bo‘yalgan yog‘och taxta yuzasidagi bo‘yoq 2 oylik kuzatuv davomida barqarorligini saqlab turdi, bu vaqt oralig‘ida kontrol CuPc pigmenti asosidagi bo‘yoq juda tez bir xillikni yo‘qotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |