Qul ubaydiy va turdi ijodiy merosi manbalari ubaydiy (1486-1540) reja kirish


Download 38.93 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1445982
  1   2
Bog'liq
QUL UBAYDIY VA TURDI IJODIY MEROSI MANBALARI


QUL UBAYDIY VA TURDI IJODIY MEROSI MANBALARI
UBAYDIY (1486-1540)
REJA
Kirish. Asosiy qism:


  1. O’zbek adabiyotida Qul Ubaydiy asarlarining tutgan o’rni.


  2. Ubaydiyning hayoti va ijodi.


  3. Ubaydiy asarlarining g’oyaviy xususiyatlari.


  4. Ubaydiy adabiy merosida dunyoqarash va tariqat masalalari.


  5. Ubaydiy asarlarining g’oyaviy xususiyatlari.




UBAYDIY (1486-1540)
Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to‘liq ismi: Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon) Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. Buxoro hokImi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydulloxon ibn Mahmud Sulton esa shayboniylar sulolasining yirik namoyandalaridan biri bo‘lishi, hokimiyat uchun kechgan jangu jadallarda faol qatnashishi bilan birga o‘z davri madaniyatining katta arbobi, XVI asr o‘zbek adabiyotining yirik vakili darajasiga erishgan edi. Turkiston xalqlari siyosiy tarixida Ubaydulloxonning eng katta xizmatlaridan biri shundaki, u Movarounnahrni Ismoil Safaviy boshchiligidagi eroniylarning, tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy tili bilan aytganda, «qizilboshlar» ning istibdodidan saqlab qoldi. Ubaydulloxonning harbiy mahorati va jasorati uning davlat arbobi sifatida qattiqqo‘lligi tufayli safaviylar qo‘shini orqaga chekindi. Ularning O’rta Osiyo shaharlarini qirg‘in qilishi, talashi to‘xtatildi. Ubaydullaxon Shayboniy hukmdorlardan Ko‘chkinchixon (1510—1530), uning o‘g‘li Abdusaid (1530—1533) hukmronligi davrida noib, 1533—1539 yillarda esa xon ko‘tarilib, mamlakatni boshqardi. Hofiz Tanish Buxoriy o‘zining «Abdullanoma» asarida yozishicha: «Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab yashnadi». Ubaydullaxon o‘sha davrda o‘z mablag‘iga mashhur Mir Arab madrasasini qurdirdi. U 1539 yili vafot etgan bo‘lib, xoki shu madrasa xonalaridan biriga qo‘yilgan. Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e’tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», «Ubaydulloh» taxalluslari bilan uzbek, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o‘z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko‘chirilgan (1583). Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g‘azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi «Omonatnoma», «Shavqnoma», «G‘ayratnoma», «Sabrnoma» manzumalari o’rin olgan. Forsiy devonida esa 163 g‘azal, 418 ruboiy, 7 qit’a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje’band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g‘azal, qit’a va fardlardan iborat. Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasavvufiy g‘oyalar yetakchilik qiladi. Ubaydullaxon o‘zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o‘zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog‘liq. Shoir she’rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, uziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Ubaydullaxon ham o‘z davri hukmdorlaridan Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Bobur kabi muttasil ijod bilan shug‘ullanib, «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», taxalluslarini qo‘llar edi. Ubaydiyning o‘zbek, fors va arab tilidagi she’rlaridan iborat uch devoni bir muqova ichiga joylashtirilgan. Bu uch tildagi devonning yagona qo‘lyozma nusxasi 1583 yilda Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, kotib uni «Kulliyot» deb atagan. Bu qo‘lyozma O’zFA Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Ubaydiyning o‘zbek tilidagi devonida 306 g‘azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuq, shuningdek noma, muammo, masnaviy, hikmat, tarje’bandlaridan namunalar mavjud. Shoirning boy adabiy merosi hali mahsus o‘rganilmagan. Ubaydiy o‘zining o‘zbek tilidagi g‘azal va ruboiylari, qit’a va tuyuqlari bilan, hech shubhasiz, she’riy turlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. Ubaydiy «Kulliyot»idan 850 ga yaqin ruboiy o‘rin oigan. Kamoliddin Ismoil ijodida 867 ta, Hakim Sanoiy adabiy merosida 537 ta, Bobo Afzalda 483 ta ruboiy bor. Sharq adabiyotida mboiyning qanchalik katta o‘rin egallaganligini shundan ham bilsa bo‘ladi. Ma’lumki, ruboiy arabcha so‘z bo‘lib, to‘rtlik degan ma’noni bildiradi. Lekin arabcha nomlanishiga qaramay, mutaxassislarning fikricha, bu janr arab adabiyotiga xos emas. Ruboiy Ajam (Eron, Movarounnahr, Xuroson) xalqlari adabiyotida paydo bo‘lib, taraqqiy etgan janrdir. Ruboiy shakli xalq og‘zaki ijodiga asoslansa ham, yozma adabiyotdagi ruboiy ko‘p xususiyatlari bilan folklor namunalaridan ajralib turadi. Ruboiyning kelib chiqishi bilan bog‘liq bahs-munozaralar ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan bo‘lsada, hali-hanuz bu borada bir to‘xtamga kelinganicha yo‘q. Gap shundaki, turkiy adabiyot namoyandalari uning paydo bo‘lishini xalq to‘rtliklari bilan bog'lasalar, forsiy so‘z san’ati vakillari ruboiyni forsiy she’riyat kashfiyoti deb hisoblaydilar va janming asoschisi sifatida Abu Abdullo Rudakiyni ko‘rsatadilar. Ruboiy ikki xil qofiyalanish tartibiga ega: birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi misralari o‘zaro qofiyalanib, uchinchi misrasi ochiq qoladigan (aaba) ruboiy xosiy deyiladi. «Bunda shoir tinglovchi va o‘quvchining e’tiborini bir nafas kuchliroq jalb qilib, masalaning eng muhim momenti kelayotganidan darak beradi. Qofiyasiz misra kulminatsiya singari jaranglaydi-da, ko‘pincha aforizm darajasiga ko‘tariladigan oxirgi misrada o‘z intihosiga yetadi»1. Masalan, Ubaydiy ijodidan bir misol: Olamaro joyiz ul-xato insondur, 0 ‘z nafsi uchun hamisha sargardondur. Gah nafsi uchun makr qilur, gohi hiyal, Bilmas netarin — o ‘z ishiga hayrondur2. To‘rtala misrasi ham qofiyalanadigan (aaaa) ruboiyda ohangdorlik yuqori bo‘lgani uchun u tarona yoki ruboiyi tarona deb yuritiladi. Bunday ruboiy ruboiyi musarra’ deb ham ataladi. Alisher Navoiy esa uni ruboiya deydi. Bunday ruboiy nihoyatda latif sanalib, shoirdan katta san’atkorlikni talab qilgan. Masalan, Foniy ijodidan bir misol: Davr eli jabr etsa, ko‘tarma isyon, Ko‘n boriga, yo‘q tufayli bo‘lma sarson, Tinglash kerak emasmi — eshitma pinhon, So‘zlash kerak emasmi — gapirma bir on. «Odatda, ruboiyning birinchi misrasi tezis, ikkinchisi antitezis, uchinchisi moddayi rubciya (yoki xulosa uchun asos boMadigan ko‘prik), nihoyat, to‘rtinchi misra sintez shaklida namoyon bo‘ladi»'. Boshqacha aytganda, dastlabki ikki misrada g‘oya va maqsad, keyingi ikki misrada dalil va xulosa o‘z aksini topadi. . 0‘zbek adabiyotida son jihatdan eng ko‘p ruboiy yozgan Ubaydiy bo‘lib, uning forsiy devonida — 418, turkiy devonida — 430 ga yaqin ruboiy mavjud2. Shohiy, Bayramxon, Komron Mirzo, Huvaydo, Munis, Ogahiy, Komil, Mujrim Obid, Avaz, Muhyi, Muhsiniy, Muhayyir kabi ko‘pgina shoirlar ruboiyga murojaat qilgan bo‘lsalar-da, ular ijodida bu janr yetakchi o‘rin tutmadi. Ushbu to‘plam Sharqning zabardast so‘z san’atkorlari va qomusiy allomalarining fors-tojik tilida yaratilgan falsafiy-axloqiy mavzudagi, pand-nasihat mazmunidagi purma’no ruboiylari asosida tuzildi. Masalan, Ubaydiy asosan besh baytli g‘azallar bitgan; bu uning g‘azaliyotiga xos xususiyatlardan biri. Shoir asarlari ko‘proq an’anaviy mavzular — ishq va muhabbat, vafodorlik va do‘stlik, ayol go‘zalligi va oshiq sadoqati, saxovati talqinidan iborat. Biroq bu she’rlardagi badiiy ifodaning o‘ziga xosligi, shoir shaxsiyatining yuksak axloqiy fazilatlari bilan uniig go‘zal nafis dunyosi o‘rtasidagi uyg‘unlik har qadamda kitobxon diqqatini o‘ziga tortadi. Ubaydiyning o’zbek adabiyotida ishqiy she’rlari juda ko‘p. Ubaydiy bu mavzudagi sherlarini quyidagi satrlarida ifodalaydi. Ko‘nglum bila dildorni men yod etadurmen, Xotirni dog‘i yodi bila shod etadurmen. Bedod etadur jonima dildor, netaykim, Demas: «Nega bu xastag‘a bedod etadurmen!» Ubaydiy she’riyatida o‘ziga xoslikka intilish ustun. Shoir she’riy uslubida soddalikka moyillik, o‘z fikrini mumkin qadar xalqchil bayon etishga urinish yorqin seziladi. Ubaydiy hukmron sulola vakili bo‘lsa ham, uning hayot yo‘lini silliq, faqat zafarlardan iborat deb tasavvur etish to‘g‘ri emas. G’azallarining birida: Bir lahza ko‘ngul o‘lmadi beg‘am zamonadin, To‘ydi zamona mendinu men ham zamonadin, —
deb yozgan shoir doim feodal nizolarning, ichki ziddiyatlarning ichida yashagan, buning ko‘p jabrini ham tortgan. Bir g‘azalida shoir gadolig‘ni podsholikdan afzal ko‘rib, quyidagi baytni bitgan ekan, bunda katta hayotiy haqiqat va samimiyat bor: Base farog‘ati bor, do‘stlar, gadolig‘ning, Balou mehnati ko‘p asru podsholig‘ning. Shuning uchun biz, Ubaydiyning o‘sha murakkabliklar va ziddiyatlarga to‘la davrdagi faoliyatida amaldorlik va hukmdorlikka nisbatan ma’naviy kamolotga, she’riyat va ijodga intilishi ustun bo‘lgan, deb xulosa chiqarsak, xato qilmaymiz. Masalan, Ubaydiyning o‘z yigitlarini bir tukeg‘ida bozordan yaxshi ot olish bilan cheklanmasdan, o‘zidan jamiyat tarixida yaxshi ot qoldirishga chaqirishida katta ma’no, axloqiy poklikka intilish belgilari yaqqol ko‘zga tashlanadi: Ey yigitlar, yaxshi-yaxshi ot oling, Yaxshi otlar birla yaxshi ot oling. Ubaydiy ruboiylarida ham umuminsoniy muammolar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Adabiy merosiga bir yoqlama sinfiy munosabatda bo‘lish hozirga qadar Ubaydiy ijodini o‘rganishga imkon bermadi. Endi biz bu noyob she’riy iste’dod egasining uch tildagi asarlarini atroflicha va ixlos bilan o‘rganishga, targ‘ib etishga kirishmog‘imiz zarur. Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi Daxmai shohon (Shoxlar daxmasi)dagi shayboniylar xilxonasida dafn etilgan. Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qulyozmalar fondida «Devoni Ubaydulloxon» qo‘lyozmasi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida «Masoil us-salot» nomli terma bayozi Ko‘niyodagi Izzatquyun xususiy kutubxonasida saqlanadi. Turkiy adabiyotda hikmatnavislik Xoja Ahmad Yassaviy ijodi bilan boshlanib, uning maktabi vakillari oʻz davrida koʻpchilikni tashkil etgan. 15-16 asrlarda Buxoro adabiy muhitida shoh va shoir sifatida eʼtirof etilgan Ubaydiy hikmatlarida mutasavvif ijodkor yoʻlini davom ettirish koʻzga tashlanadi. Uning adabiy meʼrosida hikmatlardan boʻlak gʻazal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, muammo, noma janrlari oʻrin olgan. Shoirning “Vafo qilsang” toʻplami 1994-yilda nashr etilgan boʻlsada, u ijodiy salohiyati toʻla oʻrganilmagan ijodkorlar safidadir. Muhammad Hamzaxon Abdullayev va Jamoliddin Abdullayev tomonidan nashrga tayyorlangan Ubaydiyning “Hikmatlar” kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Oʻzbekiston jahon tillari universiteti, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda“Movarounnahr” nashriyotida chop qilindi. Hadis, fiqh, tasavvuf ilmining bilimdoni boʻlgan Ubaydiy hikmatlari nodir qoʻlyozmalar qatoridan qimmatli ommaviy asarlar safiga kirdi. Kitobning qiymati shundaki, unda tabdil qilingan qoʻlyozmaning faksimile nusxasi, arabiy va forsiy atamalar lugʻati va izohlari ham oʻrin olgan. Shoh va shoir qismati haqida kelgan tarixiy va ilmiy manbalarning xabar berishicha, Ubaydiy arab va fors tillarini bilgan, turkiyda Qurʼonning tafsirini bitgan, fiqh va tasavvuf ilmini chuqur egallagan, 18 yoshida Buxoro taxtiga oʻtirib, jasur, tadbirkor, mohir sarkarda sifatida tanilgan. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul Ubaydiy sheʼriyatda Yassaviy va Boqirgʻoniy, Lutfiy va Navoiy anʼanalariga tayangan, ayni paytda, ularni oʻzaro uygʻunlashtirishga kuch sarflagan shoir deb baholaydi. Boisi uning sheʼriy uslubida soddalikka moyillik, xalqchillik va aruz vaznining goʻzal ohanglari, mumtoz lirikaning maʼnaviy sanʼatlari bilanbirga uygʻunlashib ketgan. Hikmatlar masnaviy, toʻrtlik shaklida yozilgan boʻlib, ayrimlari toʻla arab tilida boʻlgani uchun ostidan tarjimasi keltirilgan. Shu bois ularni tushunish qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo Qurʼon va hadis ilmlarini puxta bilish, Yassaviy ijodi bilan yaqindan tanish boʻlish, tasavvufiy tushunchalarni bilmasdan, maʼnaviy sanʼatlardan xabardor boʻlmasdan Ubaydiy hikmatlaridagi asl maʼnoni anglab boʻlmaydi. Uning sheʼriyatida nafsga qarshi kurash, Yaratganga sodiq oshiq boʻlish sifatlari, ishqi ilohiy bilan koʻngilni tozartirish, ruh qushini vasl avji sari parvoz qildirish asosiy mavzu yoʻnalishini belgilab bergan. Oʻqish-oʻrganishning natijasi olimlikdir. Ammo olimlikning oʻzigina kishini ulugʻlamaydi. Uning amali boʻlsa, atrofidagilarga manfaat yetadi. Shu manfaat uni Ollohni sevuvchilar toʻdasiga olib kiradi. Yoʻqsa, har qancha ilm uni johilga aylantiradi, kibrga yoʻl ochadi. Bu fikrni Ubaydiy shunday ifodalaydi: Olim kishi ilmi bila amal qilsa, Rabboniyun zumrasinda doxil boʻlur. Ilmi bila amal qilmas olim, biling, Nodonlarga doxil boʻlur, johil boʻlur. Kitobdan oʻrin olgan 27-hikmatda oʻzbek folklorida donolik timsoli sanalgan Luqmoni Hakimga xudo tomonidan berilgan toʻrt ming hikmatdan toʻrt yuzini saylab olganini aytadi. Ana shu toʻrt yuzning orasidan ham toʻrttasini xush koʻrib tanlaydi. Bular quyidagicha izohlanadi: Ikkisin oning unuttum, ey rafiq, Ikkisin unutmadim, qatʼan yano. Tengrini unutmadim, biri budur, Biri oʻlumni jahonda doimo. Ikki kim unuttum oning, biri bu, Yaxshilikdur kim qilib men xalqaro. Biri budur kim, manga qildi sitam, Oni ham yor unuttim mutlaqo. Hikmatning vazifasi ibratdir. Unutilgan yaxshilik va zulm, esda saqlanishi lozim boʻlgan tangri va oʻlim Ubaydiy kitobxoniga anglatmoqchi boʻlgan ibratli hikmatidir. “Hikmatlar” 1786 baytdan iborat, 235 dan ziyod hikmat, diniy-tasavvufiy, axloqiy-didaktik ruhdagi«Salavotnoma», «Sabrnoma», «Zavqnoma», «Gʻayratnoma» kabi noma janri rivojida ahamiyatli boʻlgan sheʼrlar, tarjeband, masnaviy, ruboiy, matlaʼlar oʻrin olganligi Ubaydiy adabiy merosining serqirra ekanini namoyon etadi. Hikmatlar majmuasi Turkiyaning “Nuri Usmoniya” kutubxonasida saqlanayotgan devon asosida tayyorlangan. Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to‘liq ismi: Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzesi — Buxoro xoni (1533—40), shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. Otasining iltimosiga ko’ra, unga Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z ismini bergan. Tasavvuf bo‘yicha dastlabki saboqni otasining piri Mavlono Muhammad Qozidan olgan. Ubaydullaxonga o‘z davrining mashhur ulamolari Fazlulloh ibn Ro‘zbehon, Maxdumi A’zam, Mavlono Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo‘lgan) harbiy san’atdan saboq bergan va o‘ziga murid qilib olgan. Xorazm va Buxoro hokimi bo‘lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda vafot etgach (1504), unga O‘rusbek Do‘rmon (1512 yil Ko‘li Malikda bo‘lgan jangda o‘ldirilgan) otaliq qilib tayinlangan. Ubaydullaxon amakisi Shayboniyxonning Xorazm (1505), Balx (1506), Hirot va Mashhad (1507)ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan. Dastlab safaviylar qo‘shinining Movarounnahr ichkarisiga bostirib kirishidan cho‘chigan Ubaydullaxon va Muhammad Temur Sulton (Shayboniyxonning o‘g‘li) shoh Ismoil I bilan elchilar almashib, sulh tuzishga uringanlar. Shayboniylar sulolasining xoni Ko‘chkunchixonning asosiy noibi (1510 yildan) va Buxoro hokimi (1504 yildan) sifatida Ubaydullaxon dushmanga qarshi kurashga otlangan. 1511 yilda bo‘lgan jangda yengilgan Ubaydullaxon va Ko‘chkunchixon, Samarqand hokimi Suyunchxo‘jaxon, shuningdek, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton o‘z yaqinlari bilan Turkiston shahriga chekinadilar. 1512 yil 28 aprelda Ko‘li Malik jangida Ubaydullaxon g‘alaba qozonib, Buxoro va Samarqandni egallaydi. 1512 yili bahorida Ubaydullaxonning shijoati natijasida Movarounnahr yana shayboniylar qo’liga o‘tdi. Biroq Ismoil I yuborgan Najmi Soniy boshchiligidagi 60 ming kishilik safaviylar qo‘shiniga suyangan Bobur 1512 yil kuzida G‘uzor va Qarshini egallaydi. Najmi Soniy qo‘shini G‘ijduvonni qamal qilishga kirishdi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga; Kuchkunchixon va Temur Sulton Miyonkolga chekinib, hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurishadi. 1512 yil 24 noyabrdagi G‘ijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin g‘alaba qozongan. 1513 yil yanvarda Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin Xurosonga harbiy yurishlar qilib, safaviylarga kuchli zarbalar berdi. 1513 yil 11 martda Ubaydullaxon Marvni egallaydi. Bu orada Ubaydullaxon Xorazmni ham egallab, o‘g‘li Abdulazizxonni hokim qilib tayinlaydi. Uzoq davom etgan harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng Mashhad, Hirot (1529) va b. shaharlar egallandi. Ubaydullaxon Hirotdagi murakkab vaziyatni tartibga solish (bu yerda shialarning ta’siri kuchayib ketgan edi) va uning Buxoro bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratgan. Kuchkunchixon vafot etgach, uning o‘g‘li Abu Saidxon davrida ham Ubaydullaxon noiblik vazifasida qolgan. 1533 yilda Abu Saidxon vafotidan so‘ng, turkiy an’anaga binoan sultonlar ichida eng yoshi ulug‘i Ubaydullaxon Buxoroda shayboniylar sulolasining xoni qilib ko‘tarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavkei kuchaydi. Buxoroda Mir Arab madrasasi, Mirak Sayd G‘iyos bog‘i, Ko‘hak (Zarafshon) daryosi ustida Mehtar Qosim ko‘prigi va boshqalar inshootlar qurildi.
Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e’tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», «Ubaydulloh» taxalluslari bilan uzbek, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o‘z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko‘chirilgan (1583). Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g‘azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi «Omonatnoma», «Shavqnoma», «G‘ayratnoma», «Sabrnoma» manzumalari o’rin olgan. Forsiy devonida esa 163 g‘azal, 418 ruboiy, 7 qit’a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje’band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g‘azal, qit’a va fardlardan iborat. Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasavvufiy g‘oyalar yetakchilik qiladi.
Ubaydullaxon o‘zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o‘zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog‘liq. Shoir she’rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, uziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi Daxmai shohon (Shoxlar daxmasi)dagi shayboniylar xilxonasida dafn etilgan. Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo’lyozmalar fondida, «Devoni Ubaydulloxon» qo‘lyozmasi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida, «Masoil us-salot» nomli terma bayozi Ko‘niyodagi Izzatquyun xususiy kutubxonasida saqlanadi. Hadis, fiqh, tasavvuf ilmining bilimdoni boʻlgan Ubaydiy hikmatlari nodir qoʻlyozmalar qatoridan qimmatli ommaviy asarlar safiga kirdi. Kitobning qiymati shundaki, unda tabdil qilingan qoʻlyozmaning faksimile nusxasi, arabiy va forsiy atamalar lugʻati va izohlari ham oʻrin olgan. Shoh va shoir qismati haqida kelgan tarixiy va ilmiy manbalarning xabar berishicha, Ubaydiy arab va fors tillarini bilgan, turkiyda Qurʼonning tafsirini bitgan, fiqh va tasavvuf ilmini chuqur egallagan, 18 yoshida Buxoro taxtiga oʻtirib, jasur, tadbirkor, mohir sarkarda sifatida tanilgan. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul Ubaydiy sheʼriyatda Yassaviy va Boqirgʻoniy, Lutfiy va Navoiy anʼanalariga tayangan, ayni paytda, ularni oʻzaro uygʻunlashtirishga kuch sarflagan shoir deb baholaydi. Boisi uning sheʼriy uslubida soddalikka moyillik, xalqchillik va aruz vaznining goʻzal ohanglari, mumtoz lirikaning maʼnaviy sanʼatlari bilanbirga uygʻunlashib ketgan. Hikmatlar masnaviy, toʻrtlik shaklida yozilgan boʻlib, ayrimlari toʻla arab tilida boʻlgani uchun ostidan tarjimasi keltirilgan. Shu bois ularni tushunish qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo Qurʼon va hadis ilmlarini puxta bilish, Yassaviy ijodi bilan yaqindan tanish boʻlish, tasavvufiy tushunchalarni bilmasdan, maʼnaviy sanʼatlardan xabardor boʻlmasdan Ubaydiy hikmatlaridagi asl maʼnoni anglab boʻlmaydi. Uning sheʼriyatida nafsga qarshi kurash, Yaratganga sodiq oshiq boʻlish sifatlari, ishqi ilohiy bilan koʻngilni tozartirish, ruh qushini vasl avji sari parvoz qildirish asosiy mavzu yoʻnalishini belgilab bergan. Oʻqish-oʻrganishning natijasi olimlikdir. Ammo olimlikning oʻzigina kishini ulugʻlamaydi. Uning amali boʻlsa, atrofidagilarga manfaat yetadi. Shu manfaat uni Ollohni sevuvchilar toʻdasiga olib kiradi. Yoʻqsa, har qancha ilm uni johilga aylantiradi, kibrga yoʻl ochadi. Bu fikrni Ubaydiy shunday ifodalaydi:
Olim kishi ilmi bila amal qilsa,
Rabboniyun zumrasinda doxil boʻlur.
Ilmi bila amal qilmas olim, biling,
Nodonlarga doxil boʻlur, johil boʻlur. Kitobdan oʻrin olgan 27-hikmatda oʻzbek folklorida donolik timsoli sanalgan Luqmoni Hakimga xudo tomonidan berilgan toʻrt ming hikmatdan toʻrt yuzini saylab olganini aytadi. Ana shu toʻrt yuzning orasidan ham toʻrttasini xush koʻrib tanlaydi. Bular quyidagicha izohlanadi:
Ikkisin oning unuttum, ey rafiq,
Ikkisin unutmadim, qatʼan yano.
Tengrini unutmadim, biri budur,
Biri oʻlumni jahonda doimo.
Ikki kim unuttum oning, biri bu,
Yaxshilikdur kim qilib men xalqaro.
Biri budur kim, manga qildi sitam,
Oni ham yor unuttim mutlaqo. Hikmatning vazifasi ibratdir. Unutilgan yaxshilik va zulm, esda saqlanishi lozim boʻlgan tangri va oʻlim Ubaydiy kitobxoniga anglatmoqchi boʻlgan ibratli hikmatidir. “Hikmatlar”da 1786 baytdan iborat, 235 dan ziyod hikmat, diniy-tasavvufiy, axloqiy-didaktik ruhdagi«Salavotnoma», «Sabrnoma», «Zavqnoma», «Gʻayratnoma» kabi noma janri rivojida ahamiyatli boʻlgan sheʼrlar, tarjeband, masnaviy, ruboiy, matlaʼlar oʻrin olganligi Ubaydiy adabiy merosining serqirra ekanini namoyon etadi. 
Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to‘liq ismi: Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzesi — 1540.17.3, Buxoro) — Buxoro xoni (1533—40), shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. Otasining iltimosiga ko’ra, unga Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z ismini bergan. Tasavvuf bo‘yicha dastlabki saboqni otasining piri Mavlono Muhammad Qozidan olgan. Ubaydullaxonga o‘z davrining mashhur ulamolari Fazlulloh ibn Ro‘zbehon, Maxdumi A’zam, Mavlono Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo‘lgan) harbiy san’atdan saboq bergan va o‘ziga murid qilib olgan.
Xorazm va Buxoro hokimi bo‘lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda vafot etgach (1504), unga O‘rusbek Do‘rmon (1512 yil Ko‘li Malikda bo‘lgan jangda o‘ldirilgan) otaliq qilib tayinlangan. Ubaydullaxon amakisi Shayboniyxonning Xorazm (1505), Balx (1506), Hirot va Mashhad (1507)ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan. Dastlab safaviylar qo‘shinining Movarounnahr ichkarisiga bostirib kirishidan cho‘chigan Ubaydullaxon va Muhammad Temur Sulton (Shayboniyxonning o‘g‘li) shoh Ismoil I bilan elchilar almashib, sulh tuzishga uringanlar. Shayboniylar sulolasining xoni Ko‘chkunchixonikng asosiy noibi (1510 yildan) va Buxoro hokimi (1504 yildan) sifatida Ubaydullaxon dushmanga qarshi kurashga otlangan. 1511 yilda bo‘lgan jangda yengilgan Ubaydullaxon va Ko‘chkunchixon, Samarqand hokimi Suyunchxo‘jaxon, shuningdek, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton o‘z yaqinlari bilan Turkiston shahriga chekinadilar.
1512 yil 28 aprelda Ko‘li Malik jangida Ubaydullaxon g‘alaba qozonib, Buxoro va Samarqandni egallaydi. 1512 yili bahorida Ubaydullaxonning shijoati natijasida Movarounnahr yana shayboniylar qo’liga o‘tdi. Biroq Ismoil I yuborgan Najmi Soniy boshchiligidagi 60 ming kishilik safaviylar qo‘shiniga suyangan Bobur 1512 yil kuzida G‘uzor va Qarshini egallaydi. Najmi Soniy qo‘shini G‘ijduvonni qamal qilishga kirishdi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga; Kuchkunchixon va Temur Sulton Miyonkolga chekinib, hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurishadi. 1512 yil 24 noyabrdagi G‘ijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin g‘alaba qozongan.
1513 yil yanvarda Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin Xurosonga harbiy yurishlar qilib, safaviylarga kuchli zarbalar berdi. 1513 yil 11 martda Ubaydullaxon Marvni egallaydi. Bu orada Ubaydullaxon Xorazmni ham egallab, o‘g‘li Abdulazizxonni hokim qilib tayinlaydi. Uzoq davom etgan harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng Mashhad, Hirot (1529) va b. shaharlar egallandi. Ubaydullaxon Hirotdagi murakkab vaziyatni tartibga solish (bu yerda shialarning ta’siri kuchayib ketgan edi) va uning Buxoro bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratgan. Kuchkunchixon vafot etgach, uning o‘g‘li Abu Saidxon davrida ham Ubaydullaxon noiblik vazifasida qolgan.
1533 yilda Abu Saidxon vafotidan so‘ng, turkiy an’anaga binoan sultonlar ichida eng yoshi ulug‘i Ubaydullaxon Buxoroda shayboniylar sulolasining xoni qilib ko‘tarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavkei kuchaydi. Buxoroda Mir Arab madrasasi, Mirak Sayd G‘iyos bog‘i, Ko‘hak (Zarafshon) daryosi ustida Mehtar Qosim ko‘prigi va boshqalar inshootlar qurildi.
Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e’tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», «Ubaydulloh» taxalluslari bilan uzbek, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o‘z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko‘chirilgan (1583). Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g‘azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi «Omonatnoma», «Shavqnoma», «G‘ayratnoma», «Sabrnoma» manzumalari o’rin olgan. Forsiy devonida esa 163 g‘azal, 418 ruboiy, 7 qit’a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje’band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g‘azal, qit’a va fardlardan iborat. Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasavvufiy g‘oyalar yetakchilik qiladi.
Ubaydullaxon o‘zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o‘zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog‘liq. Shoir she’rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, uziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan.
Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi Daxmai shohon (Shoxlar daxmasi)dagi shayboniylar xilxonasida dafn etilgan. Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qulyozmalar fondida (inv. ?8931), «Devoni Ubaydulloxon» qo‘lyozmasi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida (inv. ?4904), «Masoil us-salot» nomli terma bayozi Ko‘niyodagi Izzatquyun xususiy kutubxonasida saqlanadi.
* * *
Oshiq ermastur kishi d?vona bo`lmasa,
G'am dashti ichra sokini vayrona bo`lmasa.
N? oshiq o`lg`ay ul kishikim jonu ko`nglini,
O`z dilbarig`a sarf etib, afsona bo`lmasa.
K?lmas o`ziga oshiqi madhush soqiyo,
Ohu fig`onu na'rai mastona bo`lmasa.
Bo`ston aro ochilmag`usi g`unchadin ko`ngul,
Gul mavsumida bodayu paymona bo`lmasa.
G'am kulbasida naylag`ay erding, Ubaydiy,
Soqiyu jomu mutribu paymona bo`lmasa.
* * *


Download 38.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling