Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
O‘nunchi bob
IShQ ZIKRIDA Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 36 Ishq 31 axtaredur duraxshanda, bashariyat ko‘zi nur va safosi andin va gavharedur raxshanda, insoniyat tojining zeb va bahosi andin. Mehredur tole’, mahzun xotirlar xoristoni andin gulshan va badredur lome’, tiyra kungullar shabistoni andin ravshan. Bahredur vase’, har igrimi yuz aqlu hush kemasin cho‘murg‘on va tog‘edur rafe’ har tig‘i ming zuhd va taqvo boshini uchurg‘on. Shu’laedur so‘zanda, xoshoki ko‘p jonu ko‘ngul bo‘lg‘on va barqedur furo‘zanda, ko‘p jonu ko‘ngul ashi’asida kul bo‘lg‘on. Ajdahoedur xunxor, olamni dami bila tortmoq anga kom, poshshohedur qahhor, komi har olam ahlig‘a qatli om. Va har necha zulm qilg‘on anga qonmoq yo‘q. Soiqaedur, aqludin xirmanin kuydurguchi va sarsaredur alarning kulin ko‘kka sovurguchi. Inodi olinda teng ham podshoh, ham gado. Bedodi qoshinda bir ham fosiq, ham porso. Oshiq ko‘ngliga ma’shuq havosin solg‘uvchi ham ul va bir jilvasi bila naqdi hayotin olg‘uvchi ham ul. Va oshiq mundoq baloning giriftori va mundoq ofatning beixtiyori, mundoq to‘fonning g‘ariqi va bu nav’ soiqaning hariqi, mundoq g‘addorning zabuni va mundoq parizodning maftuni va mundoq devkirdorning majnuni. Va munungdek oshubning sheftasi va bu yanglig‘ qotilning fireftasi, bu tavr xunrezning haloki va bu turluk baloangezning dardnoki. Ishq ko‘histoni bedodining noshodlaridin biri Farhoddur va sahroyi junun zabunlaridin biri Majnundur. Va shabiston savdosi devonalaridin biri parvona va guliston havosi noshikeblaridin biri andalibi devona. Va otashgoh harorati garmravlaridin biri Xusravi nomiy va maykada dardmandligi nomiylaridin biri Jomiy (navvarallohu marqadahu nuran vaffaqanallohu!) Bayt: Ki to bo‘lg‘ay bular bir-birlari birla qariyn bo‘lsun, Samandarlar kibi ishq o‘ti ichra hamnishin bo‘lsun. Bu ta’rif qilg‘on ishq va bu bayon etgan ahli ishq ma’shuq vujudi birla qoyimdurlar va bu ado topqon holotg‘a mansubluklari doyim. Va ul ma’shuq husnidin iboratdurkim «Innallohu jamilun yuhibb ul jamol 32 » andin xabar berurkim, ishq bu e’tiboru jaloli bila va bu ixtiyoru istiqloli bila husn saropardai kibriyo va borgohi istig‘nosi tegrasida bir bandai chovush va bir kamina halqa bago‘shdurkim, har qachon husn sultoni mahbublug‘ niqoblaridin va masturlug‘ hijoblaridin chiqmoq asbobin tuzsa va zuhur tajallisi bila jilva gar ko‘rguzsa, ul nur oshiqi mahjur ko‘zi ravzani shishalari ravzan ko‘zi shishalaridek hayron qilib ishqi bebok ayyori ul ravzan yo‘lidin o‘zin ko‘ngul ma’murasig‘a tashlar va ul ma’murada xarobliq og‘oz qilib, xirad va hush xaylig‘a qo‘zg‘alon sola tashlar. Ul ma’lum emaskim, husn sultonining bu zolim chovushi bedodidin ul mulk ahlining mazlumlari netgay va hollari aning tashaddudi suubatidin ne yerga yetgay. Bovujudi bu hol ul kishvarning asirlari va ul mulkning qatlu toroj ko‘rgan ahli faza’ va nafirlari ul jilva mayidin masti bexud va ul jamol tamoshasidin volavu hayron bo‘lib, aning havosig‘a mash’uf va aning tamoshasig‘a mag‘lub bo‘lurlar. Endikim, ul kishvarni tasxir qildi va ul mulk ahlin yag‘moda asir etti yana ul sulton jilvagoh fazoyi eramidin xilvatgoh xafosi haramig‘a mayl etib, hamul nur va zulmat pardalarig‘a yuzlansa va jamol quyoshin hamul shabanduz niqob sahoblarig‘a yoshursa va bu turktoz topib, musaxxar bo‘lg‘on mulk axlig‘a va bu qatlu toroj ko‘rub, buzulg‘on kishvar eliga ul tamosho xirmanidin va ul nazora imtidodi arshidin rustoxeze to‘shlang‘ay va qiyomate yuzlangaykim, juz’i akbaru avliyosi va oshub va faza’i mahsharda shavqosi alarning nihodidin falaki g‘addorg‘a mayl etgay va bu sipehri davvorg‘a yetgay. Bu holatedurkim, munung shiddati taqriridin toshqoridurkim, muni ko‘rmagan kishi bilmas va munga yetmagan bovar qilmaskim, hijronu firoq mundin iboratdur va ishqa marotibdur va ul uch qism bila munqasim bo‘lur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling