Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Tanbeh(11)
Saxovat va himmat bobida Saxovat insoniyat bog‘ining borvar shajaridur, balki ul shajarning mufid samaridur. Odamiyliq kishvarining bahri mavjvari, balki ul mavj bahrining samin gavhari. Saxovatsiz kishi - yog‘insiz abri bahor va royihasiz mushki totor. Mevasiz yig‘och hamonu o‘tun hamon va yog‘insiz bulut hamonu tutun hamon. Saxosiz kishi birla gavharsiz sadafning bir hukmi bor. Dursiz sadaf bila o‘lub qurug‘on ne e’tibor. Bahil behishtqa kirmas agar sayyidi Qurashiy bo‘lsun va saxiy tamug‘i bormas, agarchi bandai habashiy bo‘lsun. Saxiy bulutdur - ishi xirmon, balki maxzan bermak. Baxil mo‘rdur - da’bi xo‘sha balki dona termak. Himmat ahlig‘adur saxovat ixtisosi va bu ikki sharif sifat valoyat xosi. Saxovat odamig‘a badandur va himmat anga ruh va himmat ahlidin olamda yuz ming futuh. Himmatsiz kishi er sonida emas, ruhsiz badanni kishi tirik demas. Oliy himmat shohbozedur baland parvoz va behimmat sichqon sayyode yurutachi toz. Shunqor maskani shohning bilagi, yurutachi maqomi o‘luksaning sassig‘ badani va so‘ngagi. Arslon ishi sayd urub sibo’ni to‘yg‘ormoq va sichqon varzishi diram o‘g‘urlab, tugunni axtarmoq. Sohibi hikmat muflisliq bila past bo‘lmas, himmatsiz ganj topsa, biyiklarga hamdast bo‘lmas. Chinor ilgi xolilig‘idin biyikligiga ne nuqson va tufroqqa nihon ganjlari bila ne ulvi shon. Himmat ahlig‘a agarchi biyik kavkabdur, ammo saxovatg‘a necha martabadur, Isrof saxo emas va itlofni ma’no ahli saxo demas. Haq molin kuydurganni devona derlar va yorug‘ kunda sham’i kofuriy yoqqonni aqldin begona derlar. Mubohot uchun bermak xudnamoliq va aning bila o‘zin saxiy demak behayoliq. Ulki el ko‘rmaguncha bermas - laimdur, saxiy emas. Tilab berganni ham sahodin yiroq bil; ibram bila bergandin bermaganni yaxshiroq bil. Birta o‘tmakni ikki bo‘lub, yarmin bir ochg‘a berganni saxiy de; o‘zi yemay barin muhtojga berganni axiy de. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling