Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (6) 
Subhonalloh, ne vasi’ dargoh va ne rafi’ borgohdurkim, anda pil xartumi pashsha xartumig‘a 
zabundur. Ne ajab, agar aql sarkashi mabhut va ilme sarnigundur aningkim, yuz kilola pili bor erdi, yarim 
pashshai muhlik nishig‘a zabun va zor erdi. Bu da’vig‘a ul ravshan dalilidur ashobi filvoqiasi bila tayran 
abobildur.
Tanbeh (7). 
Har nekim, baqosi payvasta emas, parastishg‘a shoyista emas. Har nekim, bir o‘zidekka muhtojdur, 
almavhiyat va kishvaridin ixrojdur. Tengridurkim, kishiga o‘xshamas va kishi anga o‘xshamas. Ulki, bu 
nav’ emas, tengrilikka yaramas. Uldurkim, ne kishi anga o‘xshar, ne ul kishiga. Har oyinakim, hech 
kishining hech ishi o‘xshamas aning hech ishiga. Ne anga zamonu makon ehtimoli, ne zamonu makon 
andin xoli. Ne xalo aning yeridur, ne malo. Ammo xalo va ham malo andin to‘lo. Kibriyo va jabarut 
asosi xoliqi Jabbordur. Bu sifatqa ul sazo va bu sifat anga sazovordur. (Jalla jalolahu umma navollahu 
va lo iloha g‘ayruhu)
13



Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Tanbeh (8). 
Takabbur shayton ishi va biyiklik nodon ishi. Mutakabbir tengri do‘stlari olida mat’un va tengri 
qoshida mardud va mal’un. Xudpisand, ishi bari elga nopisand. Bilikig‘a mag‘rur, bilur elga ma’yub va 
tengrig‘a maqhur. Butparastliq yaxshiroqkim, xudparastliq.
Tanbeh (9). 
Yana bir amri azim ehsondurkim, aning bayonida ko‘p so‘z ayondur. Al-insonu ubayd al-ehson anga 
dol va halli jazo al-ehson ilal al ehson
14
anga guvohi hol. Jami’ mazohib va milal ahli qoshida 
sobitdurkim, yaxshiliq jazosi yo‘qtur - bajuz yaxshiliq va nubuvvati lison mo‘‘jaz bayonig‘a dag‘i bu 
ishorat o‘tubdurkim, ahsin kama ahsana allohu ilayka
15
ul Hazrat mundoq amr etibdurki, yaxshilik yetkur 
andoqkim, tengridin sanga yaxshiliq yetibdur. Bu amr sifatig‘a mavsuf bo‘lmoq qadur, mundin azimroq 
amr ne nav’ bo‘la olur va anbiyo va hukamo va avliyo va uqalo va ulamo dag‘i munga mutaffiqdurlar va 
hech kishi muxolifat qilmaydurlar va mundin ehson tariq bilmaydurlar.
Ehson sifati saodati abad bil, fitna va ofat ya’juji daf’ig‘a sadd bil. Insoniyat bog‘ining dilpisandroq 
shajari ehsondur va odamiyliq konining arjumandroq gavhari ham ehsondur. Jam’i pisandida sifot va 
mustahsan holat ehsong‘a tobe’dur va aning zimnida mudarij va voqe’dur; ul barcha yaxshiliqlarg‘a 
jome’ va bari yaxshilig‘lar, filhaqiqat, anga roje’.
Qit’a: 
Ajab sifat erur ehsonki har sharif sifat 
Ki, kelsa jinsi bashardin anga erur doxil.  
Javohir angla sifot oni javhariy qafasi 
Ki, bordur anda qayu birni istasang hosil.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling