Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Tanbeh (12). 
Hunarlarni topmoq - yedurmakdur va ayblarni yonmoq - kiydurmaqdur. Mahallida bergan eski 
chortora to‘n-saxovat va bemahal bergan zarboft chorqab-shaqovat. Desangki, taoming zoe’ bo‘lmag‘ay 
- yedur va tilasangki, libosing eskirmagay - kiydur. Saxo tariyqin mazkur bo‘lg‘on so‘zla angla, ammo 
karam oyini va futuvvat rusumi o‘zga angla.
Tanbeh (13). 
Karam va futuvvat tariqida  
Karam bir jafokashning shiddati yukin ko‘tarmakdur va ani ul suubatdin o‘tkarmakdur. Birovning 
mehnati xori hamlin qabul qilmoq va ul tikan no‘gidin guldek ochilmoq va ul qilg‘onning tilga 
kelturmamoq va og‘izg‘a olmamoq va ul kishiga minnat qo‘ymamoq va aning yuziga solmamoq. Karam 
sifoti akram ul-akramin ishidur, sohib karam kishi haqning bu nav’ sifatig‘a mutobe’ kishidur.
Bu davrda karam sabzasi tarrafurush do‘konidin o‘zga yerda topilmas va mehr guli sipehri tezko‘sh 
gulshanidin o‘zga yerda ochilmas. Karam bashar tab’ida noyob va nobuddur, bu sababdin karam ahli 
nopaydo va nomavjuddur.
Tanbeh (14). 
Karam «kof»in go‘iyo kimyo ibtidosidin olibdurlar va «ro» sin simurg‘ arosidin va «mim»in xo‘blar 
og‘zidin tutubturlar. Bu javharni olam ahlidin tilamak quyoshni zarradin tilamakdur va falakni suhodin 
istamak.
Tanbeh (15). 
Muruvvat bobida  
Ma’dumlukda muruvvat karamning urug‘ - qayoshidur, balki tav’amon qarindoshidur. Ikkalasi chun 
el bevafolig‘idin ogah bo‘lubtur, bulardin qochib adam mulki safariga hamroh bo‘lubtur. Sohibi karam 
ul nafis matoidin ayrilurni saloh bilmaydur va sohibi muruvvat dag‘i ul sharif xalqidin ayrilmaydurkim, 
ikkalasi qayda bo‘lsalar tengri panohida bo‘lsunlar, izzat va sharaf oromgohida.
Tanbeh (16) 
Vafo bobida  
Vafo ul sifatdurkim, karam va muruvvat xalqni onsiz ko‘rub itibdurlar va ani tilamakka adam mulki 
sori ketibdurlar.
Jahon gulshani vafo gulidin ziynatsizdur va bashariyat guli vafo royihasidin nakhatsiz. Vafo 
sham’edurkim, dahr tiyra xokdonin yorutmaydur va zamon bevafolari ko‘ngli bila ulfat tutmaydur. 
Nargisedurki, davron chamanig‘a ko‘z solmaydur va ko‘ngullari g‘unchasida hiqdu hasaddin o‘zga 
qolmaydur. Mahbubedur - pok xilqat, juz pok ko‘ngulga unsu ulfati yo‘q. Matlubedur - pokiza tiynat, 
juz pokiza fitratg‘a maylu rag‘bati yo‘q. Va ul bo‘lg‘on pok ko‘ngulda qat’o qudurat va kulfat yo‘q. 
Durredur samin insoniyat tojiga zevar, olamda insoniyat nobud va gavharedur otashin - odamiylik 
boshig‘a afsar, olam ahlida odamiyliq nomavjud. Vafog‘a hayo bila payvastaliq, andoqki, hayog‘a vafo 
bila vobastaliq.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling