www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Haqgo‘y qushning tamkin bila zikr ayturi qoshida qarlug‘ochning bemalol yangshamog‘i malolat
keltirur va mushaf avroqin xirad piri tilovat qilurda laim tiflning yelpug‘uch bila varaqni sovurmog‘i
kudurat yetkurur.
Ammo yel agar ko‘kka yetsun sabukbordur va bemiqdor va tog‘ agar tufroqqa botsunki,
sohibviqordur, hilmshior. Aning zimnida, o‘tqa yoqqudek hasu xoshok, munung javfida shoh tojig‘a
tikilgudek la’li otashnok.
Bayt:
Og‘irliq vaznidindur seldin g‘amsiz Hiriy tog‘i,
Yengillik fartidin barbod erur qomg‘oq yafrog‘i.
Tanbeh (19).
Tengri do‘stlarining hikoyati va alar axloqining rivoyati afsonasidurkim, uyug‘on ko‘nglumni
uyg‘otur va taronaedurkim, xiralig‘idin qotgan ko‘zni yig‘latur, Yaxshilarg‘a erishmak - itni poklar
chergasiga qotti va yomonlarg‘a qorishmoq - anbiyo avlodin jahannamg‘a uzatti.
Tanbeh (20).
Angakim, yaqin ko‘zi ko‘rdur, tengri do‘stlarini ko‘ra olmas. Va angakim tavfiq oyog‘i langdur,
tengri yo‘lig‘a yugura olmas. Agar kishi podshoh yasog‘lig‘idur, ishining ilgari boruri inoyatg‘a
bog‘lig‘dur.
Tanbeh (21).
Agar haqdin inoyat bo‘lsa, qullar quli, shohlar shohi, agar ul qo‘llamasa, olam shayx ush-shuyuxi
olam nomai siyohiy. Luqmonki
17
, bir qul erdi, hikmat va nubuvvat bila farqin ko‘kka yetkurdi. Jolutqa
aningdek ming qul erdi, g‘azab va siyosat tig‘i bila boshin yerga tushurdi.
Tanbeh (22).
Mazlumg‘a baxshoyish ko‘rguzki, zolimdin osoyish ko‘rgaysan. Zerdastlarg‘a naf’ yetkur, agar
tilasangki, zabardastlardin zarar ko‘rmagaysen. Xiradmand muxolafatdin qochar va muvofaqatg‘a
muloyamat eshigin ochar. Zanbur g‘avg‘osidin nish mutasavvardur va asal savdosidin no‘sh muyassar.
Tanbeh (23).
Saodatmand ul yigitdurki, shahvat mayli qilmas, besaodat qarinnng ilgidin xud hech ish kelmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |