Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (32). 
Shohdin ham lutf marg‘ubdur, ham siyosat matlubdur. Ammo har biri o‘z mahallida xo‘bdur. Bas 
anga do‘stdin dushmanni farq etarga ko‘p mulohaza kerak va farosat va yorni ag‘yordin oyirurg‘a ko‘p 
tajriba kerak va qiyosat. Nechukkim, andin borig‘a biym va umid bor, zaruratdurkim, ko‘rguzgay o‘zin 
bandavor. Yaqin bo‘lg‘uncha harqaysning haqiqat holi nomunosib umrning bor ehtimoli.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
49
Bayt: 
Nogahon gar betaammul sursa bir hukmi anif 
Kim, zaif andin qaviy yoxud qaviy bo‘lg‘ay zaif.  
Tanbeh (33). 
O‘kta hukmi birovni qilsa nobud, ul zamon pushaymon bo‘lmoq ne sud? Yo mahalsiz birovni qilsa 
oliy shon, bilgandin so‘ng past etsa o‘z sha’nig‘adur ziyon.
Bayt: 
Taammul munda vojibdur bag‘oyat 
Ki, bo‘lmag‘ay bu nav’ ish berioyat.  
Tanbeh(34). 
Podshoh dushmang‘a andoq g‘azab surmak kerakki, do‘st ham andin emin bo‘lmag‘ay va 
muxolifg‘a andoq siyosat ko‘rguzmak kerakki, muvofiq ham andiq mutmayi qolmag‘ay.
Bayt: 
Kerakmas muxolifg‘a oncha inod 
Ki, qilg‘ay muvofiqni bee’timod.  
Tanbeh (35). 
Fosiq olim donishvaredur o‘z nafsig‘a zolim, g‘aniyi baxil nodonedur, o‘z ziyonig‘a nadim. Bu ikki 
kishi umr zoe’ o‘tkardilar va go‘rga hasrat va armon olib bordilar. Bir ulkim, ilm o‘rganurga ranj torttiyu 
amal qilmadi, bir ulkim, mol yig‘arg‘a emgak chektiyu sarf qilurin bilmadi.
Qit’a: 
Olimekim, ilmi erdi beamal, 
Yo g‘aniykim, molig‘a buxl erdi yor.
O‘ldilar yuz hasratu armon bila, Elga 
bo‘ldi ishlaridin e’tibor.  
Tanbeh (36). 
Yamonlarg‘a lutfu karam, yaxshilarg‘a mujibi zarar na alam. Mushukka rioyat - kabutarg‘a ofatdur. 
Shag‘ol jonibin tutmoq - tovuq tuxmin qurutmoqdur.
Bayt: 
Bo‘rini ko‘zi bila qilgan semiz, 
Kiyik jam’u xaylig‘adur rahmsiz.  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling