Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (43). 
Nafsdin sanga zulm yetsa, nadomat eshikin och va tengri panohiga qoch. Va tavba etokiga ilik ur.
Ul tavba ustida mardona tur.
Qit’a: 
Nafsi kofirdin nekim yetgay sanga, 
Tavba aylab, tavbada mardona bo‘l.  
Yo‘l ikidur, jurm birdur, tavba bir,  
Ul yo‘q ar bog‘landi, ochug‘dur bu yo‘l.  
Tanbeh (44) 
Agar badnafsdin zulm yetsa, shukr vojib bila va tengri hamdin ado qilkim, sen emassen lozim, gar 
biz ul emasdur mazlum va ojiz. Mazlumluq ibtilosida bo‘lg‘on yaxshiroqkim, zolimliq balosida.
Bayt: 
Kishi ming zulm agar cheksa kerak bo‘lmasa qone’, Lek 
bir zulmg‘a ming nav’ kerak anglasa mone’.  
Tanbeh (45). 
Zamon ahlidin o‘zin sohibdil tutqon, yolg‘on aytur va bedil tutqonning ham so‘zi yolg‘onliq sori 
qaytur. Nevchunkim, ulki sohibdil, bu da’vo zuhri andin mushkul. Va agar ul kishi zamon ahlining 
bedillig‘ig‘a yuraksizliq mahmil, bu ko‘ngul sen xayol qilg‘on ko‘ngul emas. Sohibdil yurakni ko‘ngul 
demas.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
52
Bayt: 
Ham ani dajjol topib, ham nabi.  
Iso ila teng bo‘lurmu markabi.  
Tanbeh (46). 
Lahmi porai sanubari agar ko‘nguldur, sanubardek sohibdil topilmas va agar bu qon bog‘lag‘on 
g‘uncha paykari ko‘nguldur, bahorda gulbundek purdil kishi taxayyul qililmas. Ammo bularni ko‘ngul 
demak sazovor emas va ko‘ngul so‘zu dardi bularda padidor emas. Ko‘ngul ma’rifat bog‘idin va vahdat 
rayohinining esgan nasimidur va ruhoniyat gulnstonidin oshnoliq gullariniing shamimidur. Husn 
malohatin idrok qilg‘uvchi ham ko‘ngul va ishq o‘ti yolinig‘a yoqilg‘uvchi ham ko‘ngul. Xo‘blar husni 
tuzig‘a kaboblig‘ qilg‘uvchi ham ul va jamol latofati ganjig‘a xaroblig‘ qilg‘uvchi ham ul.
Ishq mulki obodlig‘i aning ashki selobidin va shavq shabistoni yorug‘lig‘i tobidinkim, ahli dillar 
ko‘ngli bu ishq shu’lasi nuridin va ul shu’la nuri sururidin ayrulmasunlar va riyoyi zuhd xaylig‘a 
qotilmasunlar. 
Bayt: 
Meni bedilg‘a, yorab bu ko‘ngulni tutqil arzoni,
Oni mendin ayirma, dag‘i mensiz tutmag‘il oni.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling