Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (69). 
Bashar jinsig‘a o‘z xatosi dilpazirdur va mardud farzandi noguzir. Yamon she’rdekkim, tab’ 
zodasidur, ikkalasi bashar tab’i natijasidur va moddasi. Agar mankub bo‘lsun yo marg‘ub, o‘ziga 
ko‘rungusidur mahbub. Oqil bu tariyqin shior qilmas va yaxshi-yamonni haq ortuq va o‘ksuk bilmas.
Masnaviy:  
Yamon-yaxshini tengridin anglag‘il,
Yamonni yamon, yaxshini yaxshi bil. 
Yamonni agar yaxshi qilsang gumon Erur 
yaxshini ham degandek yamon.  
Tanbeh (70). 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Qanoat - istig‘no sarmoyasidur va sharaf va izzat piroyasidur. Muflisi qone’ - g‘aniy va shohu 
gadodin mustag‘niy. Tama’ mazallatg‘a dalil va g‘aniyi tome’- xoru zalil. Tama’ bila ulkim ola olur va 
olmas, bu adami tama’ hech saxovatdin qolmas. Bu nav’ saxo ahli karimdur va tama’ xayli laim.
Bayt: 
Xorlig‘lar boshi tama’ bilgil,  
Doimo «azza man qana’»
21
 bilgil.  
Tanbeh (71). 
Borlig‘ki, lutfu karami om bo‘lg‘ay, yo‘xsulliqda anga barcha eldin kom bo‘lg‘ay, kom bo‘lsa, bore 
xijolat bo‘lmag‘ay va el sarzanishidin malolat bore bo‘lmag‘ay.
Bayt: 
Chu daf’i xijolat erur komcha, 
Nadomat no‘qki eldin in’omcha.  
Tanbeh (72). 
Bot muyassar bo‘lg‘on kechga tortmas va o‘kmak bila bahosi ortmas. Safol cho‘chak har doshdin 
ming chiqar, qiymati bir diramdin ortuq emas va kunda yuz sinsa kishi hayf demas va taassuf yemas. 
Chiniy ayog‘ qiymati yasarda suubatig‘a ko‘radur, asramoqda ehtimom qiymatig‘a ko‘radur. Quymati 
oz - hurmati oz.
Bayt: 
Qayu mato’kim oz voqe’ o‘lsa qiymat anga,  
Erur muvofiq aning qiymaticha hurmat anga.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling