Alisher Navoiy.
Mahbub ul-qulub
www.ziyouz.com kutubxonasi
62
Kishiga necha kelsa mushkul hol,
Hikmatu aql anga erur hallol. Kesak
otqong‘a chekar yumruq, To‘ni
yirtuq durur, saqoli yuluq.
Tanbeh (82
).
Mushfiq nosih so‘zin eshitmagonning sazosi taassufi mukaddardur va o‘ziga nosazo demak.
Bayt:
Xiradmand pandini ko‘rgan achig‘, So‘ngida
pushaymonlig‘i ne asig‘.
Tanbeh (83
).
Hunarmand qoshida behunar ilik tebratmasa, ayb tuhmatin anga taqar. Itolguga tug‘dorining kuchi
yetmasa, songg‘i bila ani bulg‘or.
Bayt:
Baso ojizki xasm ostig‘a yotmish, Og‘iz
suyin aning yuziga otmish.
Tanbeh (84
).
Sayyodning baliqqa shast solmog‘i nafs muddaosi uchundur va baliqning ham qarmoqqa giriftor
bo‘lmog‘i ju’ balosi uchun.
Bayt:
Bo‘ldi sayyodg‘au saydg‘a nafs orzusi qayd,
Yo‘qsa ne ul edi sayyod, ne bu erdi anga sayd.
Do'stlaringiz bilan baham: