Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (85). 
Oz demak hikmatqa bois va oz yemak sihhatqa bois. Og‘izg‘a kelganni demak nodon ishi va ollig‘a 
kelganni yemak hayvon ishi.
Bayt: 
Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,  
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.  
Tanbeh (86). 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
G‘olib dushman zabuning bo‘lsa shod bo‘lma va ishi andishasidin ozod bo‘lmakim, siyosatida 
tahammul vojibdur va rioyatida taammul.
Bayt: 
Dushman rajou xavfi desangkim, fan o‘lmag‘ay,
Andoq tirilki, kimsa sanga dushman o‘lmag‘ay.  
Tanbeh (87). 
Olimki, johilni muqobalag‘a kelturub, ilzom qilmog‘i havas bo‘lg‘ay, aning o‘ziga ushbu ihonato‘q 
bas bo‘lg‘ay. Olim kerakki, o‘z ilmining poya va miqdorin asrag‘ay, gavharni imtihon uchun toshqa 
urmag‘ay.
Bayt: 
Xorag‘a har kishikim, durri saminni urg‘ay,
Xirad anglarki, qayu biri birini sindurg‘ay.  
Tanbeh (88). 
Gavhar balchiqqa tushgan bila qiymati ushalmas va o‘z bahosidin qolmas. Eshak munchog‘in tojg‘a 
tikkan bila firuza yerin tutmas va hech kim aning kam baholig‘ini unutmas.
Qit’a: 
Zevar bila shakli xo‘b bo‘lmas, Har 
qizki, erur yomon liqolig‘.
Harnecha qorong‘u bo‘lsa hujra,
Sham’ anda bo‘lur fuzun ziyolig‘.  
Tanbeh (89). 
Qobilg‘a tarbiyat qilmamoq zulmdur va noqobilg‘a tarbiyat - hayf. Ani adami tarbiyat bila zoe’ 
qilma va munga tarbiyatingni zoe’ qilma.
Qit’a: 
Qobilg‘a tarbiyat erur ul nav’kim, guhar
Tushsa najosat ichra yug‘ay kimsa ani pok.
Gar it uzumig‘a kishi may birla bersa suv
Bu tarbiyat bila qila olg‘aymu ani tok.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling