Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (90). 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
64
Hazlg‘a shuru’din behurmatlig‘ ortar va hazlning nihoyati jidolg‘a tortar. Ko‘p lahv hayo pardasin 
chok etar va adab va hurmat ahlin bebok. Qila olg‘oncha ta’zim va adab binosin yiqma va hayo va hurmat 
xilvatidin tashqari chiqma.
Ruboiy: 
Iymong‘a erur nishon hayo birla adab,
Hurmat bila ta’zim saodatqa sabab. Hayovu 
muaddab angakim, bo‘lsa laqab, 
Maqsudig‘a kech yetsa ajab, angla ajab.  
Tanbeh (91). 
Fosiq bari millatda nodondur va pokravlar orasida nodonroq. Fisq bari tariyqda yomondur va 
porsoliq ilbosida yomonroq. Ne elga yorsen - o‘zungni ul nav’ tuz, nechukki borsen - o‘zungni andoq 
ko‘rguz.
Masnaviy:  
Hayovu adab birla tuzgil maosh, Yana 
ayla ta’zimu hurmatni fosh.  
Ne el yeri bo‘lsang, alar rangi bo‘l,  
Nechuk bor esang, tutqil ul sori yo‘l.  
Tanbeh (92). 
Sahvu xato bashariyat lozimidur. Xato va sahvin anglab mutanabbih bo‘lg‘on, saodatmand 
odamiydur. Xatosin zoyil qilur, ulki e’tirof sari qaytg‘ay, va muzoaf qilur, ulki dalil ijro qilib harza 
aytqay. Mubolag‘asi necha ko‘prak - sahvi pandoroq va mukobarasi necha ortuqroq - o‘zi elga rasvoroq. 
Masnaviy:  
Xatog‘a tadoruk nedur bexilof,  
Ayon qilmoq o‘z saxvig‘a e’tirof,  
Vagar qilsa sahvig‘a ijro dalil 
Ki, yaxshidur aylar iki oncha bil.  
Tanbeh (93). 
Har g‘aniyki tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin so‘ng ani kimsa duo bila 
yod qilmag‘ay. Ehson tiriklikda yaxshi otdur, o‘lgandin so‘ng do‘zax azobidin najot.
Qit’a: 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Kishida barcha axloqi hamida, Chu 
jam’ o‘ldi qo‘yarlar otin ehson. Biri 
andin saxodur, bir muruvvat,  
Bular gar yo‘qtur, inson ermas inson.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling